21:00 25 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
12910

Murojaat muallifiga koʻra, kattalar uchun moʻljallangan aksariyat saytlarga kirish va ulardagi maʼlumotlardan foydalanish bolalar hamda oʻsmirlar oʻrtasida avj olib bormoqda.

TOSHKENT, 7 may – Sputnik. Maktab oʻquvchilari uchun maxsus “School mobile”  mobil aloqa dasturini ishlab chiqish taklif qilindi.

Bu haqda “Mening fikrim” portalida tegishli petitsiya joylashtirildi.

Petitsiyada aytilishicha, maktab oʻquvchilari uchun maxsus “School mobile” dasturiy vositalari yaratish va tatbiq qilish zarur.

Dastur asosida ishlaydigan mobil aloqa vositalarida quyidagi qulayliklar va cheklovlar boʻlishi lozim.

Dasturning imkoniyatlari: turli tillardagi lugʻatlar;  dars jarayonida kerak boʻlishi mumkin boʻlgan dastur va ilovalar;  interaktiv va intelektual oʻyinlarga asoslangan maxsus dasturlar.

Dasturdagi cheklovlar:  internet tarmogʻiga ulanish imkoniyati; videoroliklar koʻrish imkoniyati cheklanadi.

Petitsiya muallifi fikriga koʻra, “School mobile” mobil aloqa dasturi taʼlim maskanlarida mobil aloqa vositalarini taqiqlashdan koʻra koʻproq samara berib, dars vaqtida oʻquvchining diqqatini jamlashi, chuqur bilim olishiga xizmat qiladi.

Asosiy mavzular