02:12 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Vruchili klyuchi ot kvartirы onkobolnoy jenщine

Saraton kasaliga chalingan ayolga prezident tomonidan uy berildi

Xalq bilan muloqot
Jamiyat
Havola olish
342 0 0

Qarshi shahridagi Kat mahallasida 20 nafar nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan fuqaroga 20 moslashtirilgan uy-joyning kaliti topshirildi.

TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Saraton kasaliga chalingan ayolga prezident tomonidan uy berildi, deb xabar qildi "Xalq bilan muloqot" guruhi Feysbukdagi sahifasida.

Xabarda qayd etilishicha, Qarshi shahridagi Kat mahallasida 20 nafar nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan fuqaroga 20 moslashtirilgan uy-joyning kaliti topshirilgan.

Jumladan, Qarshi shahri “Naxshab” mahalla fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi, saraton kasalligiga chalingan, 2-guruh nogironi va shu kunga qadar bir nafar farzandi bilan onasinikida 4 nafar voyaga yetgan ukasi bilan yashab kelayotgan ayolga ham uy-joyning kaliti topshirilgan.

Taʼkidlanishicha, bu kabi ezgu ishlar joriy yilda ham davom ettirilib, shahar va tuman uy-joy komissiyalari tomonidan 285 nafar nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan fuqarolar roʻyxati shakllantirilib, ularning arzon uy-joy olishi uchun boshlangʻich badal toʻlovlarini toʻlab berish boʻyicha reja dastur ishlab chiqilgan.

Xabarda tadbir davomida tashkilotchilar tomonidan uyga ega boʻlgan oilalarning 35 nafar farzandiga oʻquv-qurollari va boshqa qimmatbaho sovgʻalar ham berilgani qayd etilgan.

Asosiy mavzular