10:05 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

May boshida MDH davlatlari necha kundan dam oldi?

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Jamiyat
Havola olish
135 0 0

Rossiya va Moldova fuqarolari may bayramlarida 8 kundan ortiq dam olishgan, boshqa MDH mamlakatlari kamroq.

TOSHKENT, 12 maya - Sputnik. Ushbu yilda Rossiya fuqarolari MDHning boshqa fuqarolariga nisbatan koʻproq dam olishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Rossiyaliklar 1-5 may va 9-12 may kunlari dam olishdi. Dam olish kunlarining umumiy soni ikki bosqichda 9 kunni tashkil qildi. Undan 4 kuni (4,5 va 11-12 may) shanba yakshanba boʻlsa, qolgan 5 kuni bayram kunlari boʻldi.

Bu yil bayram kunlari soni koʻp boʻlishiga Yangi yil bayrami hamda 23 fevral bayramlaridagi dam olish kunlarini qisman may oyiga koʻchirilishi sabab boʻldi. Shunday yoʻl bilan hukumat,  aholini qishda uyda dam olishga emas bahorda tabiat qoʻynida koʻproq vaqt oʻtkazishi uchun sharoit yaratdi, deyishmoqda mutaxassislar.

Dam olish kunlari soni boʻyicha ikkinchi oʻrinda – Moldova boʻldi. Ushbu mamlakat fuqarolari may boshida jami 8 kun dam olishdi.

Qozogʻistonda dam olish kunlari soni 7ta boʻldi. Undan bayram kunlari 3ta va dam olish kunlari 4ta boʻldi: 1, 5, 7 va 9 - 12 may kunlari.

Belorusda 6 kun dam olishdi: 1 may va 5 - 9 may kunlari.

Qirgʻizistonda dam olish kunlari soni 5 kun boʻldi. Ushbu mamlakat fuqarolari 1, 4,5,6 va 9 may kunlari ishga chiqishmadi.

Tojikiston va Armaniston hukumatlari ushbu yil may boshida faqat 2 kunni dam olish kunlari deb eʼlon qilishdi – 1 va 9 mayni.

Ozarbayjon va Oʻzbekistonda esa rasmiy dam olish kuni deb faqat - 9 may eʼlon qilindi.

MDH tarkibidan chiqqan Ukraina va Gruziyada ham may bayramlari boʻlib oʻtdi. Ukrainada - 27 apreldan 1 maygacha va 9 may kuni dam olish kunlari boʻldi.

Gruziyada dam olish kuni faqat bir kun - 9 may boʻldi.

Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiy nazariya instituti mutaxassisi Irina Komarova aytishiga qaraganda, may oyida dam olin kunlari soni koʻp boʻlishiga qaramasdan, yil davomida Rossiyaliklar dam olish kunlari umumiy soni boshqa MDH davlatlari bilan deyarli bir xil.

Asosiy mavzular