20:15 25 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
180 0 0

“Mingdan ortiq qabristonda xayr-ehsonlarni yigʻish, hisobga olish va ulardan maqsadli foydalanish tartiblariga rioya qilinmagan” – deyilgan Adliya vazirligi xabarida.

TOSHKENT, 14 may – Sputnik. Adliya vazirligi qabristonlarni tashkil etish, saqlash va ulardan foydalanish sohasida huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrgandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Adliya vazirligi maʼlumotiga koʻra, hozirda Oʻzbekiston hududida jami 10 457 ta qabristonlar faoliyat yuritmoqda.

Oʻtkazilgan tahlillar natijasi qabristonlardan foydalanish, ularni saqlash va obodonlashtirish boʻyicha quyidagi tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligini koʻrsatdi.

Xususan, qabristonlarning 2 248 tasi ekologik, sanitariya, shaharsozlik meʼyorlari va qoidalariga javob bermaydi.

"Masalan, aksariyat qabristonlar hududida quruq oʻt, barg, shox-shabbalar yoqish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish va oʻstirish, uy hayvonlarini boqish va boshqa shu kabi sanitariya qoidalariga zid holatlar mavjudligini koʻrishimiz mumkin. Qabristonlar uchun ajratilgan yer uchastkasi maydoni amaldagi meʼyorlarga javob bermaydi, ularda hojatxonalar va chiqindilar uchun maxsus qutilar tashkil etilmagan", - deyilgan xabarda.

Respublika boʻyicha jami 1 588 ta qabristonlarning kadastr hujjatlari mavjud emas. Natijada, qabristonlarning sanitariya muhofaza zonalarida noqonuniy ravishda turar va noturar joy obʼyektlari qurilgan.

Koʻplab qabristonlar muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanmagan. Masalan, Samarqanddagi 1 307 ta hamda Qoraqalpogʻistondagi 233 ta qabristonlar elektr bilan taʼminlanmagan.

Shuningdek, jami 3 840 ta qabristonlarda yoʻl va trotuarlar asfalt-beton bilan qoplanmagan (tuproq yoʻllardan iborat) boʻlib, mazkur holat yogʻingarchilik paytida aholiga noqulayliklar tugʻdirmoqda.

Qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilganligiga qaramasdan 2 655 ta qabristonlarda maʼmuriy binolar mavjud emas. Buning natijasida, qabriston xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishlariga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Qonunchilikda marosim xizmatlari boʻyicha tariflar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanishi koʻrsatilgan. Biroq, hududlarda marosim xizmatlarini belgilash boʻyicha yagona amaliyot mavjud emas. Natijada, marosim xizmatlari boʻyicha tariflarni belgilashda qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilgan.

Masalan, Jizzax, Samarqand viloyat hokimliklari tomonidan pulli xizmat koʻrsatish boʻyicha tariflar tasdiqlanmagan.

Jumladan, Samarqand viloyatida qonun hujjatlariga zid ravishda Samarqand tuman hokimining oʻrinbosari va Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi tomonidan 2016 yil yanvar oyida dafn marosimlari oʻtkazganlik uchun kalkulyatsiya tasdiqlangan.

Bundan tashqari, Namangan viloyatida tuman (shahar) hokimliklari tomonidan mazkur tariflar turli yillarda va har xil miqdorlarda belgilangan.

Mazkur holatlar dafn marosimlarini koʻrsatganlik uchun fuqarolardan asossiz ravishda ortiqcha pul mablagʻlarini undirilishiga olib kelgan.

Jami qabristonlarning xayr-ehsonlarni yigʻish, hisobga olish va ulardan maqsadli foydalanish tartiblariga rioya qilinmagan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri, Xoʻjayli, Shoʻmanoy, Qoraoʻzak tumanlari, Toshkent viloyati Chirchiq, Olmaliq shaharlari, Yangiyoʻl tumanida Obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan xayr-ehsonlarning kelib tushishi va ulardan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisida tegishli moliya organlariga hisobotlar taqdim etilmagan.

“Yuqorida qayd etilgan muammolar ehson qutilariga tegishli pul mablagʻlari kelib tushmasligi hamda kelib tushayotgan mablagʻlarning hisobi yuritilmasligi kabi salbiy holatlarni keltirib chiqarmoqda.

Buning natijasida, qabristonlar hududini saqlash va obodonlashtirish uchun yetarli xayr-ehson mablagʻlari shakllanmay qolishiga olib kelmoqda.

Qabristonlarda xayr-ehsonlarni amalga oshirish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish boʻyicha komissiyalar faoliyati talab darajasida emas. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtakoʻpir, Toʻrtkoʻl tumanlari, Surxondaryo viloyati Termiz shahar, Termiz, Muzrabot, Sherobod tumanlari, Toshkent viloyati Chirchiq va Olmaliq shaharlarida komissiyalar tashkil etilmagan”, - deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular