Jamiyat

Oʻzbekistonda masjidlar va qabristonlar rekonstruktsiya qilinadi

Masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi

TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Restavratsiya doxodnogo doma kuptsa Vasiliya Bыkova - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Urganchda Oʻzbekistondagi eng katta masjidlardan biri qurilishi yakuniga yetmoqda

Qarorga asosan qabristonlar joylashgan hududlarda diniy marosimlarni (janoza, marhumlarni xotirlash) oʻtkazishga moʻljallangan maxsus joylar tashkil etiladi.

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlari uchun mahalliy byudjetlariga 3 milliard soʻmdan mablagʻ ajratiladi.

Rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash talab etiladigan eski masjidlar roʻyxati shakllantiriladi hamda ular Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamoat fondi hamda homiylar hisobidan 2018-2019 yillar davomida rekonstruktsiya qilinadi va taʼmirlanadi.

Mirziyoyev oznakomilsya s rabotami po stroitelstve mecheti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotirasiga ehtirom koʻrsatilmoqda

Shuningdek, yoshlarni yurtimizdagi muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obod qilish hamda ularda muqaddas maskanlarni qadrlash, saqlash va ajdodlar xotirasiga hurmat-ehtirom koʻrsatish tuygʻularini tegishli fanlar mashgʻulotlari hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish orqali shakllantirilishi belgilandi.

Qarorda belgilangan ishlarni amalga oshirish maqsadida muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish, bajarilgan ishlarni nazorat qilish va hisobotlarni taqdim etishga doir chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala