06:48 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Zamestitel direktora Agentstva informatsii i massovыx kommunikatsiy Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva aholini eng koʻp tashvishga solayotgan 5 ta muammoni sanab oʻtdi

© Saida Mirziyoyeva / Facebook
Jamiyat
Havola olish
661 0 0

Uning soʻzlariga koʻra, tegishli vazirliklar ushbu vazifalarni hal etishni boshlagan.

TOSHKENT, 16 may - Sputnik. Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bilan muloqotining ilk yakunlarini sarhisob qildi.

Qayd etilishicha, prezident tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni amalga oshirishda maktablarning oʻrni muhokama qilingan.
Saida Mirziyoyevaning maʼlum qilishicha, bildirilgan izohlarga koʻra, xalqni eng koʻp tashvishga solayotgan muammolar quyidagilar:
1. Qishloqlardagi maktablarning ahvoli qoniqarsizligi
2. Oʻquvchilar va oʻqituvchilarning majburiy mehnatga jalb etilishi
3. Malakali oʻqituvchilar yetarli emasligi va ularning hisobot toʻldirish bilan ovora ekani
4. Har bir bolaning individual iqtidorini rivojlantiruvchi fanlarning yetarli emasligi
5. Kompyuter sinflari va internet bilan bogʻliq muammolar

“Darslarda uyali telefonlardan foydalanish, maktab kiyimi, oʻquvchilarning huquqiy savodxonligi va bepul futbol maydonlariga oid masalalar ham tilga olindi”, - deya yozgan oʻzining Facebook᾽dagi sahifasida.

Uning soʻzlariga koʻra, tegishli vazirliklar ushbu vazifalarni hal etishni boshlagan. Shu oʻrinda, jamiyat uchun muhim boʻlgan bunday masalalar yechimini topish maʼlum vaqt, resurslar, ekspertlar muhokamasi, zarur hujjatlar tayyorlash va albatta har bir kishidan tirishqoqlik va biroz tashabbus talab etishini eslatib oʻtgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston yoshlarining ravnaqiga qaratilgan prezident 5 ta tashabbusini amalga oshirish boʻycha Saida Mirziyoyevaga takliflar bildirilgani haqida xabar qilgan edik.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan eʼlon qilingan 5ta tashabbus yoshlarni musiqa, rassomlik va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, jismoniy chiniqtirishga, kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Undan tashqari yoshlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targʻib qilish hamda xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashni nazarda tutadi.

Asosiy mavzular