19:31 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Vatan rivojiga hissa qoʻshing: Shermatov bitiruvchilarga tabrik yoʻlladi

Foto: Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Jamiyat
Havola olish
18011

Shermatov, endilikda oʻquvchilarni oliy oʻquv yurtlariga imtihonlar kutayotganini, ularning yutuqlarida albatta, pedagoglarning hissasi borligini taʼkidlab oʻtgan

TOSHKENT, 25 may - Sputnik. Bugun Oʻzbekistondagi barcha maktablarda "Soʻnggi qoʻngʻiroq" jarang topmoqda. 279 ming nafar oʻquvchilar 11 yillik taʼlim tizimiga qayta oʻtilgach, keyingi ilk bitiruvchilarga aylandilar.

Shu munosabat bilan XTV Sherzod Shermatov 11-sinf oʻquvchilariga oʻz tabrigini yoʻlladi.

"Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida Xalq taʼlimi tizimida katta islohotlar davri boshlandi. Shu bilan birga, hali oldimizda bajarilishi lozim boʻlgan ulkan vazifalar koʻp va kelgusida ularni ham bosqichma-bosqich hal etib boramiz. Bu borada bizga yaqinda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi dasturilamal boʻlishi, shubhasiz", - deya iqtibos keltiradi vazir soʻzlaridan idora matbuot xizmati.

Shermatov, endilikda oʻquvchilarni oliy oʻquv yurtlariga imtihonlar kutayotganini, ularning yutuqlarida albatta, pedagoglarning hissasi borligini taʼkidlab oʻtgan.

"Aziz bitiruvchilar! Bugun sizlarning hayotingizda eng quvonchli kun. 11 yil mobaynida bir partada yonma-yon oʻtirgan, bir oila aʼzolaridek boʻlib qolgan sinfdoshlarning har biri ertadan boshlab oʻzining shaxsiy hayotini qurishga kirishadi. Kimdir tahsilni oliy oʻquv yurtida davom ettirsa, yana kimdir halol mehnati bilan oilasiga qanot boʻladi", - degan vazir.

Shermatov, shuningdek, maktab partasida olingan bilimlar bugungi bitiruvchilarga qoʻl kelishiga, ular kelgusida bu bilimlarni yanada mustahkamlab borib, Oʻzbekiston rivoji uchun oʻz hissa qoʻshishlariga ishonch bildirgan.

"Maktab dargohidagi soʻnggi, mustaqil hayot yoʻlingizdagi ilk qoʻngʻirogʻingiz muborak boʻlsin! Bilim olishda hamisha davom eting!", - deya tilak bildirgan XTV rahbari.

Asosiy mavzular