12:30 23 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Prazdnik Sabantuy

Toshkentda 9 iyun kuni “Sabantuy” xalq bayrami oʻtkaziladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Jamiyat
Havola olish
237 0 0

“CENTRAL PARK” bogʻida 9 iyun kuni soat 10:00 dan boshlab “Sabantuy-2019” tatar-boshqird xalq bayrami boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 7 iyun – Sputnik. Toshkentdagi “CENTRAL PARK” madaniyat va istirohat bogʻida 9 iyun kuni soat 10:00 dan boshlab “Sabantuy-2019” tatar-boshqird xalq bayrami boʻlib oʻtadi. Bu haqda poytaxt hokimiyati matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, tadbirda tatar-boshqird madaniy markazlarining madaniy-musiqiy chiqishlari, sport musobaqalari, patriot mototsikllari koʻrgazmasi, turli musobaqalar oʻtkaziladi.

“Musobaqa gʻoliblarini ajoyib sovgʻalar kutmoqda. Bayramga kirish barcha shahrimiz aholisi uchun bepul. Shunday ekan, bayramni oʻtkazib yubormang”, - deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular