Mustaqillik maydonidagi favvora zamonaviy ko‘rinishda qayta ishga tushiriladi

© Sputnik / Georgiy Zelma / Mediabankka o‘tishFontan na ploshadi imeni V. I. Lenina (teper ploshad Mustakillik) v Tashkente
Fontan na ploshadi imeni V. I. Lenina (teper ploshad Mustakillik) v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yil oxiriga qadar Mustaqillik maydonidagi favvora ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishda qayta ishga tushiriladi.

TOShKENT, 13-iyun – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi  Mustaqillik maydonidagi favvoraning olib tashlanayotgani haqida xabarni rad etdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Telegram-kanalida xabar qildi.

Fontan v Dubae - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda dunyoda eng chiroyli va “Ginness kitobi”ga kiradigan favvorani qurish taklif etildi

Xabarda aytilishicha, hozirda bu yerda to‘liq ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur favvoraning qurilganiga 50-yil bo‘lgan. Hozirda uning ayrim joylari darz ketgan. Agar vaqtida ta’mirlanmasa metroga suv tushish ehtimoli bor. Qolaversa, favvora u vaqtga nisbatdan 8 barobar ko‘p elektroenergiya iste’mol qiladi.

Hozirgi kunda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari sabab elektr yanada tejaladi.

Shu yil oxiriga qadar favvora ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishda qayta ishga tushiriladi.

Yangiliklar lentasi
0