23:45 08 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Ministr narodnogo obrazovaniya Sherzod Shermatov

Sherzod Shermatov nufuzli maktab direktorlari xususida oʻz fikrini bildirdi

Sputnik / Stringer
Jamiyat
Havola olish
252 0 0

Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov nufuzli maktab direktorlarini himoya qildi.

TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov nufuzli maktab direktorlari xususida oʻz fikrini bildirdi.

Vazirning qayd etishicha, baʼzi maktablar nufuzining yuqori boʻlishi taʼlim muassasasi direktorining faoliyatiga bogʻliq. Maʼlum bir nufuzli maktablar muntazam ravishda tekshirilib, ularning faoliyatida kamchiliklar topishga harakat qilingan. Maqsad - bu orqali kimnidir mazkur maktabga kiritishni tezlashtirish boʻlgan. Hozirgi qonunchilik va moliyalash tizimida istalgan nufuzli maktab direktorini qamash mumkin. Shu tufayli ular “qoʻngʻiroqchi”larni maktabga joylashgan. 

Shermatovning maʼlum qilishicha, poytaxtdagi davlat maktablari direktorlari oyiga 2,5 mln. soʻm ishlab topadi ($300 kamroq). Ularda xususiy maktab direktorlariga nisbatan yuklama va stress bir necha bor yuqori.
Shuningdek, u mazkur maktab direktorlarining hammasi farishta ekanligi fikridan yiroqligini taʼkidlagan.

“Shubhasiz, bu direktorlar maktabning yuqori natijaga erishishida hissasi juda katta. Shu tufayli barcha mazkur maktablarga intiladi va ularda oʻquvchilar soni koʻp. Biz ularning faoliyati uchun yaxshi sharoitlar yaratmasak (hozirgi maktab byudjeti bilan buni amalga oshira olmaymiz), faqat jazolasak ular boshqa sohaga yoki xususiy maktablarga ketib qoladi. Ularning ortidan esa direktor tomonidan yaratib bergan sharoit uchun faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar ketadi. Bu vaziyatdan kim yutadi?”, - deya yozgan Facebook᾽dagi sahifasida.

Vazir prezidentning siyosiy irodasi tufayli oʻqituvchilarning oyliklari ikki bosqichda oshirilgani, ammo 25 yil davomida yigʻilib qolgan muammolarni bir yil ichida hal etishning imkoni yoʻqligi,  Xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasida bosqichma-bosqich tizimdagi oyliklar oshirib borilishi koʻzda tutilganini qayd etgan.

Xalq taʼlimi vazirining bildirishicha, davlat byudjetining 16% xarajatlari maktab taʼlimiga yuboriladi. Bu har bir oʻquvchiga yiliga 2,9 mln. soʻm yoki oyiga 246 ming soʻmni tashkil etadi. Toshkentdagi xususiy maktablarda ota-onalar har oy bu miqdordan 10 baravar koʻp (British School, TIS va boshqa xalqaro maktablarni hisobga olmasa, u yerda toʻlov miqdori 50-70 baravar koʻp). Agar davlat byudjeti real iqtisodiyotni (jumladan xufiyona sektorni) qamrab olsa va maktablar xarajatlar hajmi 16% da qolsa, biz davlat maktablarining moliyalash hajmini 2 baravarga oshirish mumkin.

“Bu uchun vaqt talab qilinadi. Men bu maqsadlarga erishamiz, deb umid qilaman. Hozircha, malakali direktorlarga rasman ishlashlari noqonuniy faoliyatga nisbatan manfaatli va oson boʻlishini taʼminlashimiz lozim. Maktab rahbarlariga normal oylik qilib bermasak, korruptsiyaning bartaraf etish boʻyicha gaplarimiz gap boʻlib qolaveradi”, - deydi Shermatov.

Uning soʻzlariga koʻra, keyin ulardan daromad deklaratsiyasi talab qilish va Kuzatuv kengashi hamda OAV ishtirokida korruptsiyaga qarshi qonunchilik talablariga rioya qilish boʻyicha jamoat nazoratini kuchaytirishi mumkin.

“Bu mablagʻlar maktabning byudjetdan tashqari fondiga tushadi, davlat byudjetiga emas. Bu mablagʻning 60%gacha maktab Kuzatuv kengashlari direktor va oʻqituvchilarning mehnatini ragʻbatlantirishga bemalol yubora oladi. Yaʼni, direktorlar noqonuniy daromad topish yoki maktab masalalari (kichik taʼmirlash, tekshiruvlar va h.k)ni qanday yopishni oʻylamaydi. Aksincha, ular shaffof moliyaviy tizimga oʻtadi”, - deya yozgan vazir.

Vazirning qayd etishicha, nufuzli maktab direktorlarining tajribasi muvaffaqiyatsizroq boʻlgan maktab rahbarlari va yangi kadrlar oʻrganib boradi. Shu tufayli, ularni davlat taʼlim tizimida ushlab qolish va ularning qonuniy va samarali faoliyati uchun kerakli sharoitlar yaratish kerak.

“Agar biz ularni faqat jazolasak (qamasak!), shundoq ham kamsonli boʻlgan yaxshi kadrlarni yoʻqotamiz. Ha, shunda biz bu maktablarning darajasini ota-onalar farzandlarini berishni istamaydigan taʼlim muassasalari bilan bir xil darajaga keltiramiz”, - deydi Shermatov.

Vazir nufuzli maktablarni rivojlanishni davom ettirishlariga, talab kam maktablarni esa nufuzli maktablar tajribasini oʻrganishga motivatsiya qilish lozim, sababi bu ularga qoʻshimcha imkoniyatlarni ochadi, deb hisoblaydi. Shunda maktablar orasidagi farq talab kam boʻlgan maktablarning faoliyatini yaxshilash orqali qisqarib boradi.

“Biz, vazirlikning yangi jamoasi, bu tizimni yaratmaganmiz, ammo biz, jumladan, hamma tomonidan qoʻllab-quvvatlanmaydigan qarorlar qabul qilgan holda uni oʻzgartirishga majburmiz. Biz bu maktablarga oʻzimizning “kvota”mizni belgilagan holda oʻz muammolarimizni “yechishimiz” mumkin edi. Hamma mamnun boʻlar edi. Boshqa tomondan, bolalarni 1-sinfga qabul jarayonini “biznes”ga aylantirib olgan talay odamlar mavjud. Tabiiyki, ular oʻzgarishlarni, jumladan qabul pullari haqida notoʻgʻri maʼlumot tarqatgan holda, sabotaj qilishga xarakat qiladilar”, - deya xulosa qilgan vazir.

Asosiy mavzular