15:26 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Devushka u fontana

Oʻzbekistonda jazirama: harorat 45 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda

Sputnik / Yevgeniya Novojenina
Jamiyat
Havola olish
869 0 0

Oʻzbekiston hududiga Erondan Turkmaniston orqali issiq va quruq havo oqimining kirib kelishi kuzatiladi.

TOSHKENT, 28 iyun – Sputnik. Gidrometeorologiya xizmati markazidan maʼlum qilinishicha, 30 iyun — 2 iyul kunlari Oʻzbekiston hududiga Erondan Turkmaniston orqali issiq va quruq havo oqimining kirib kelishi kuzatiladi.

30 iyun - 1 iyul kunlari Qoraqalpogʻiston va Xorazmda, 1 - 2 iyul kunlari qolgan hududlarda havo harorati koʻp yillik oʻrtacha koʻrsatkichdan 5 - 7 daraja yuqori boʻladi.

Kunduz kunlari havo harorati 40 - 43 daraja, janubiy choʻl hududlarda 44 - 45 darajagacha koʻtariladi.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida garmsel ehtimoli mavjud.

Asosiy mavzular