14:45 20 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Gulnara Karimova

Shveytsariya Gulnora Karimova ishi boʻyicha 555 mln dollarni Oʻzbekistonga qaytarishni toʻxtatdi

MUHAMMAD SHARIF / AFP
Jamiyat
Havola olish
742 0 0

Advokat Greguar Manja arizasiga koʻra Shveytsariya Gulnora Karimova pullarni Oʻzbekistonga qaytarishni toʻxtatdi.

TOSHKENT, 4 iyul – Sputnik. Shveytsariya hukumati Gulnora Karimova ishi boʻyicha OʻZbekistonga $555 mln qaytarishni toʻxtatdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Karimovaning advokati Greguar Manjaning soʻzlariga asosan.

“Shveytsari federal jinoyat sudida uchinchi katta gʻalaba (1 iyul). 555 million dollarni qaytarish darhol toʻxtatildi”, - deb yozgan Greguar Manja oʻz Twitterida.

Advokat aytishiga qaraganda, Gulnora Karimovaning qamoqxonada sogʻligʻi yomonlashgani sababli Shveytsariya sudi "Oʻzbekiston bilan hamkorlikni toʻxtatgan".  

Biroz oldin Shveytsariya bosh prokuraturasi Oʻzbekistonga “noqonuniy daromadlarni yuvish” ishi boʻyicha konfiskatsiya qilingan 130 million dollar qaytarilshini maʼlum qilgan edi.

Ushbu munosabat bilan, kecha 3 iyul kuni Oʻzbekiston Adliya vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda paydo boʻlayotgan koʻplab xabarlar tufayli Gulnora Karimova jazo oʻtayotgan qamoqxonada jiddiy tekshiruv oʻtkazishga qaror qilganini xabar qilgan edi.

"Soʻnggi paytlarda turli Internet axborot resurslari va ijtimoiy tarmoqlar orqali bugungi kunda sudning hukmiga asosan tegishli jazoni oʻtayotgan mahkuma G.I.Karimovaning jazoni oʻtash muassasasidagi shart-sharoitlar xususida bildirilayotgan turli xabarlar yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan mahkuma saqlanayotgan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi umumiy tartibli 21-son ayollar koloniyasida oʻrganish oʻtkazilmoqda", - deyilgan Adliya vazirligi xabarida. 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Birinchi prezidentining qizi Gulnara Karimova 2015 yilning avgustida bir qator iqtisodiy jinoyatlarda aybdor deb topilgan va 10 yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan edi. Bosh prokuratura Gulnora Karimovaning 12 xorijiy mamlakatda jami 1,5 milliard dollar mol-mulki borligini aniqlagan. Shundan eng kattasi qismi – 800 million dollarlik mulk Shveytsariyada saqlanadi.

Asosiy mavzular