15:07 14 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

“Toʻxtash taqiqlangan!” belgisiga amal qilmaganlarni avtomatlashtirilgan kamera aniqlaydi

© Sputnik / Nina Zotina
Jamiyat
Havola olish
164 0 0

Toshkent shahar IIBB 10 iyuldan yirik bozorlar yaqinida toʻxtash qoidalari buzilishini qayd etuvchi kameralar ish boshlashini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 9 iyul - Sputnik. Toshkent shahrida joriy yilning 10 iyulidan yirik bozorlar yaqinida toʻxtash qoidalari buzilishini qayd etuvchi kameralar ish boshlaydi.

Toshkent shahar IIBB xabariga koʻra, avtomobilni qoldirish uchun joy qidirish davomida haydovchilar 3.27 belgisini “payqamaslikka” koʻnikib qolishgan, bu esa poytaxt yoʻllarida tirbandlikka olib kelib, transport va piyodalar harakatiga xalal beradi.

Toshkentda bir hafta ichida 24 ta “toʻxtash taʼqiqlangan” belgilari olib tashlandi

“10 iyul kunidan Toshkentning bir nechta bozorlari yaqinidagi yoʻllar boʻylab toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari buzilishini qayd etuvchi avtomatlashtirilgan foto- va videokameralar ish boshlashadi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Chilonzor tumanini Toshkent xalqa avtomobil yoʻlining oʻzidayoq 3.27 belgisini mensimaganlarni qayd etishga moʻljallangan 4 ta statsionar avtomatlashtirilgan kameralar oʻrnatilgan. Hozirgi vaqtda Abu-Saxiy, Bek Toʻpi, Ippodrom, Oʻrikzor bozorlari yoʻllarida avtomatlashtirilgan tizim oʻrnatilgan boʻlib, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan bu yoʻnalishdagi ishlar davom ettiriladi.

Oʻrnatilgan kameralar 360 gradusga oʻgirila oladi. Avtomobil mumkin boʻlmagan joyda toʻxtagach, videokamera avtomatik tarzda (inson aralashuvisiz) vaqtni va “qoidabuzar”-avtomobilning davlat raqamini qayd etadi. Maʼlumotlar onlayn-tarzda bazaga yoʻnaltiriladi, u yerda esa AutoCon-SC/M dasturiy taʼminot jarima solish boʻyicha Qarorni shakllantirib uni “Oʻzbekiston pochtasi” AJga qoidabuzarga joʻnatish uchun yoʻllaydi.

Xatda jarimani 60 kunlik muddat ichida toʻlash zarurligi, ushbu muddat tugagach tizim xatga biriktirilgan kvitantsiyani avtomatik tarzda toʻsib qoʻyib, jarima toʻlanmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Majburiy ijro byurosiga (MIB) joʻnatishi maʼlum qilinadi. MIB, oʻz navbatida, transport vositasi egasining nomiga rasmiylashtirilgan mulkka taqiq qoʻyadi.

Ushbu sanktsiyalar qoidabuzar-avtomobil egasiga oldi-sotdi kelishuvlarini olib borishga yoʻl qoʻymaydi. YHQni buzganlik uchun jarimani oʻz vaqtida toʻlamaslik ham qoʻshimcha moddiy harajatlarga olib keladi. 

Toshkent koʻchalarida 25 martdan yana bir qoida kuchga kirdi - IIBB

“Bundan tashqari, kamera qoidabuzarlikni qayd etib uni Markazga yoʻllaganidan keyin, toʻlov muddati davomida sizga nisbatan bir qator cheklovlar oʻrnatiladi. Xususan, sizda mashinani IIBB YHXB tumanlararo boʻlinmalarida texnik koʻrikdan oʻtkazish yoki boshqa fuqaroning nomiga rasmiylashtirish imkoni boʻlmaydi. Ushbu cheklov boʻlajak xaridorni «qarzdor» mashina sotib olib qoʻyishda himoya qiladi”, - deya taʼkidlangan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 3.27 belgisi ostida avtomobilni toʻxtatish Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 128-6-moddasiga muvofiq EKIHning 3 baravarigacha (608 190 soʻm) jarima solinishiga sabab boʻlishi mumkin.

Asosiy mavzular