17:54 08 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Mat s mladentsem

Sogʻliqni saqlash vazirligi Marhamat tuman tugʻruqxonasidagi holat yuzasidan izoh berdi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk
Jamiyat
Havola olish
346 0 0

Kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Andijon viloyat, Marhamat tumanidagi tugʻruqxonada ayollar joy yetishmasligidan yerda yotayotganligi toʻgʻrisida turli xabarlar tarqaldi.

TOSHKENT, 10 iyul – Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirligi Marhamat tugʻruq kompleksidagi holat yuzasidan izoh berdi.

Xabarda aytilishicha, kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Andijon viloyat, Marhamat tumanidagi tugʻruqxonada ayollar joy yetishmasligidan yerda yotayotganligi toʻgʻrisida turli xabarlar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻrganish ishlarini olib bordi va holat boʻyicha quyidagilar maʼlum boʻldi.

Marhamat tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tugʻruq kompleksi 1982 yilda qurilgan boʻlib, 2 qavatli binodan iborat. Mazkur muassasa bunyod etilganidan buyon kapital taʼmirlanmaganligi sabab 2018 yilning oktyabr oyida qaytadan rekonstruktsiya qilindi va 50 oʻringa moʻljallangan zamonaviy tugʻruq kompleksi joriy yil mart oyida foydalanishga topshirildi.

Ayni paytda bu yerda bemorlar uchun bir qator qulayliklar yaratilgan. Jumladan, kuz-qish mavsumi uchun tugʻruq kompleksi xonalaridagi haroratni bir meʼyorda saqlash maqsadida bino qozonxonasiga zamonaviy tejamkor AKS-100 rusumli isitish qozoni va xonalardagi choʻyan qovurgʻali isitish moslamalari oʻrniga zamonaviy radiatorlar oʻrnatildi. Shuningdek, tugʻruq kompleksi xonalaridagi barcha eshik, deraza va romlar yangilariga almashtirildi.

“Shu yilning 23 iyun (yakshanba) kunidan 24 iyun (dushanba) kuniga oʻtar kechasi tugʻruqxonaga murojaat qilgan ayollar soni nisbatan ortgan. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, yuqorida aytib oʻtilgan 50 oʻringa moʻljallangan koykalarimizda 23 iyun (yakshanba) kuni ertalabki holat boʻyicha 46 nafar, 24 iyunda (dushanba) esa tongga qadar 63 nafar tuqqan va dard bilan kelgan ayollar boʻlgan. Qolaversa, 22-23 iyun haftaning dam olish kunlari boʻlganligi sababli tuman FHDYO boʻlimidan yangi tugʻilgan chaqaloqlarga tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning olish imkoniyati boʻlmagan. Bu esa, oʻz navbatida, yangi tugʻilgan chaqaloq va uning onasiga uyiga ketishiga ruxsat berilmasligini anglatadi. Shu bois 23 iyundan 24 iyunga oʻtar kechasi Marhamat tuman tibbiyot birlashmasining tugʻruq kompleksida bemorlarning soni ortgani va tugʻruq kompleksi oʻrinlarining mavjud imkoniyatlari chegaralanganligi, eng muhimi, toʻlgʻoq bilan kelgan homilador ayollarga tezkorlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish zarurati sabab bir necha nafar ayolga maʼlum muddat binoning fayesiga vaqtincha dam olishi uchun joy tayyorlangan”, -  deydi Andijon viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Avazbek Abdurahmanov.

Vazirlik xabarida aytilishicha, ayni paytda Andijonda viloyat perenatal va skrining markazlari hamda 22 ta tugʻruq komplekslari faoliyat koʻrsatmoqda. Bundan tashqari, viloyatdagi barcha tuman va shaharlardagi markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalarida prenatal tashxis xonalari tashkil etilgan boʻlib, ular davlat byudjeti hisobidan dunyodagi nufuzli “General Electric” kompaniyasining eng zamonaviy, yuqori texnologik imkoniyatga ega boʻlgan ultratovush tekshiruvi apparatlari bilan taʼminlangan.

Ushbu davolash muassasalarida qariyb 400 nafarga yaqin malakali akusher-ginekologlar ayollar salomatligi yoʻlida samarali ishlab kelishmoqda.

Asosiy mavzular