08:16 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
231 0 0

Ushbu kunga xarid qilingan chiptalar vokzal kassalarida toʻliq qiymatda qaytariladi.

TOSHKENT, 16 iyul – Sputnik. Joriy yilning 23 iyul kuni “Samarqand – Qarshi” uchastkasi oraligʻida profilaktika ishlari oʻtkaziladi.  Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ xabar qilmoqda.

“Shu munosabat bilan "Toshkent - Qarshi" yoʻnalishida harakatlanadigan 758/757-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi shu kuni oʻz qatnovini Toshkentdan Samarqandgacha amalga oshiradi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, ushbu sanada 8/7-sonli “Toshkent – Shahrisabz” yoʻnalishidagi tezyurar poyezd qatnovi bekor qilinadi. Ushbu kunga xarid qilingan chiptalar vokzal kassalarida toʻliq qiymatda qaytariladi.

Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Asosiy mavzular