08:30 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
82 0 0

Muloqot yakunida jami kelib tushgan 300 dan ziyod murojaatning 64 tasi joyida hal etildi.

TOSHKENT, 22 iyul – Sputnik. Prezident Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasi Piskent tumanidagi “Yoshlar bogʻi”da ommaviy qabul tashkil etildi.

Prezident Administratsiyasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlari, Toshkent viloyatidagi sektorlar rahbarlari, viloyatdagi barcha boshqarma va tashkilot mutasaddilari murojaatchilarning ariza, shikoyat va takliflarini qabul qilib, ularning muammolariga yechim izladi.

Ohangaronlik Nargiza Sulaymonova oʻzi yashayotgan “Taraqqiyot” mahallasi yoʻllari taʼmirtalabligidan shikoyat qildi. Aytilishicha, oʻtgan yili bu ishlar boshlanib, soʻng chala qolgan. Hudud aholisi shu ishlarga koʻmaklashish uchun 2018 yili 170 ming soʻmdan pul yigʻib bergan, bu yil ham yoʻl taʼmiri aholi gardaniga tushmoqda. Murojaatdan soʻng, ayni hududning yoʻllari homiy tomonidan taʼmirlanib beriladigan boʻldi.

Xurshida Rustamova Olmaliq shahrida ijarada yashaydi. 1992 yilda tugʻilgan katta oʻgʻli Gʻanisher Baxtiyorov 2-guruh nogironi. Bu ayol ham ommaviy qabulda oʻgʻlini davolatishga yordam soʻrab keldi. Shu yerning oʻzida  uning muammolari oʻrganilib, hal qilinadigan boʻldi.

Piskentlik Dilafroʻz Abdunazarova ham ommaviy qabulga turmush oʻrtogʻining dardiga darmon istab keldi. Gap shundaki, uning eri suyak yemirilishidan aziyat chekmoqda Oʻzi, roʻzgʻori tang oila buning uchun mablagʻ topa olmayapti. Ommaviy qabuldagi murojaatidan soʻng Dilafroʻz opaning muammosi hal qilinadigan boʻldi.

70 yoshdan oshgan pskentlik Zoirjon ota 2-guruh nogironi. Dard degani yosh tanlab  oʻtirmaydi. Umr oʻtgan sayin koʻz nuri ketib xastalanayotgan otaxonga ham Sogʻliqni saqlash vazirligi Toshkent shahridagi koʻz kasalliklari shifoxonasiga yoʻllanma ajratadigan boʻldi.

Chinozlik Shoira Ashurovaning kichik oʻgʻli Yangiyoʻl tumani qishloq xoʻjaligi kasb hunar kollejini tamomlagan, harbiy xizmatni oʻtab kelgan. Ammo, hamon ishsiz. Ommaviy qabuldagi murojaatidan soʻng Shoira opaning mushkuli oson boʻldi.

Boʻkalik Baxtiyor Aliyevga oʻtgan yili Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasiga murojaatidan soʻng “Chovlisoy” mahallasidan 5 xonali  uy ajratib berilgan, roʻzgʻorni butlashi uchun 1 ta qoramol ham berilgan edi. Ogʻir dard bilan kurashayotgan Baxtiyor aka endi nogironlikni belgilash masalasida amaliy yordam soʻradi. Viloyat sogʻliqni saqlash bosh boshqamasi bu masalani oʻrganib chiqadigan boʻldi.

Muloqot yakunida jami kelib tushgan 300 dan ziyod murojaatning 64 tasi joyida hal etildi, qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan 189 ta murojaatning koʻrib chiqilishi nazoratga olindi, 51 ta murojaat boʻyicha huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.

Asosiy mavzular