09:25 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
233 0 0

“Eski” abituriyentlardan toʻplangan 53 milliard soʻm - test sinovlari xarajatlaridan qanchasini qoplaydi?

TOSHKENT, 29 iyul – Sputnik. Bu yil oliygohlarga qayta  hujat topshirayotgan abituriyentlardan 53 milliard soʻm mablagʻ jamlandi, deb xabar qildi DTM rahbari Majid Karimov, Sputnik muxbiriga.

“Bu yil yangi joriy etilgan tizim sababli hujjat topshirish jarayonida abituriyentlardan 53 milliard soʻm miqdorida mablagʻ toʻplangan. Test sinovlarida yaratilayotgan sharoitlar ana shu mablagʻ hisobidan amalga oshirilmoqda”, - deyilgan xabarda.  

Aytish joizki, ushbu mablagʻ kutilganidan biroz koʻp. Fevral oyida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanidan DTM rahbariyati 40 milliard soʻm atrofida tushishi kutilayotganini xabar qilishgan edi.

53 milliard butun Respublikada oʻtkazilyotgan test sinovlari xarajatini toʻliq qoplamasa-da, 5-6 ta viloyat xarajatlarini qoplashi kerak. Bunday deyishga sabab - oʻtgan yili test sinovlariga tayyorgarlik koʻrishda faqat Fargʻona viloyatida 8,6 milliard mablagʻ sarflandi – deyilgan edi. Umumrespublika xarajatlarini necha pul boʻlganini haqida aniq maʼlumot topa olmadik.

Xabarda shuningdek bu yilgi test sinovlarida 1 066 925 nafar abituriyent ishtirok etishi va test sinovlari 29 iyuldan boshlab 16 kun davomida boʻlib oʻtishi taʼkidlangan.

Test sinovlari oʻtkazish uchun 66 bino tayyorlandi, ularning eng kattasi bir vaqtning oʻzida 1 ming 710 abituriyentni qabul qiladi. Ushbu  binolar uchun 1 155 dan ortiq videokuzatuv kamerasi, 120 dona mobil aloqalarini toʻsuvchi qurilma, abituriyentlar sonidan kelib chiqqan holda metalloramalar, barmoq izi asosida tanish vositalari oʻrnatildi.

Asosiy mavzular