00:02 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
570 0 0

Muassasa xabariga koʻra, yanglishmovchilik tufayli xatarli toifaga kiruvchi xotin-qizlar va ijtimoiy himoya va huquqiy yordamga muhtoj ayollar bitta roʻyxatga tushib qolgan

TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Toshkent IIBB internetda ommaga eʼlon qilingan jinoyatga moyil boʻlgan, xavfli toifadagi ayollar roʻyxati boʻyicha oʻz rasmiy bayonotini eʼlon qildi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu roʻyxat internet foydalanuvchilari orasida katta shov-shuv koʻtargan edi.

Muassasa xabariga koʻra, roʻyxat xato talqin qilingan. Buning sababi esa, hozirda chindan xatarli toifaga kiruvchi xotin-qizlar va ijtimoiy muhofaza hamda huquqiy yordamga muhtoj ayollarning bitta roʻyxatga tushib qolganligida.

Ular bitta roʻyxatda jamlanmasligi kerak edi, fuqarolarimizning eʼtirozlari tushunarli, deb taʼkidlagan IIBB matbuot-xizmati.

"Yoʻl qoʻyilgan xatolik va buning oqibatida vujudga kelgan anglashilmovchilik uchun uzr soʻraymiz", - deyiladi bayonotda.

Toshkent hokimligi xodimi Basitxanovadan nega uzr soʻradi? >>>

Ilgariroq, Toshkent hokimligi xotin-qizlar qoʻmitasi raisi ushbu roʻyxat tufayli Bosh vazir oʻrinbosari Elmira Basitxanovaga oʻz uzrini keltirgan edi.

Asosiy mavzular