03:35 22 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
83 0 0

Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalar va ekspertlarni jalb qilishni jadallashtirish boʻyicha Germaniya Federativ Respublikasida xalqaro konferentsiya oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 5 avg – Sputnik. 2019 yil 7-8 noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalar va ekspertlarni jalb qilishni jadallashtirish boʻyicha Germaniya Federativ Respublikasida xalqaro konferentsiya oʻtkazish rejalashtirildi. Bu haqda “Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalar va ekspertlarni jalb qilishni jadallashtirish boʻyicha Germaniya Federativ Respublikasida xalqaro konferentsiya oʻtkazish toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasida aytilgan.

Hujjat “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan tayyorlandi.

Qaror loyihasida xalqaro konferentsiyaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita hamda kontserentsiyaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ilova qilingan.

Rejada qayd etilishicha, shu yil 15 oktyabrgacha xalqaro konferentsiya doirasida xorijiy tadbirkor, investor va ekspert-tahlilchilar, shu jumladan vatandoshlar ishtirokida Oʻzbekistonga Germaniyadan investitsiya va innovatsiyalarni jalb etishga oid aniq takliflar ishlab chiqish vazifalari belgilgan.

Asosiy mavzular