18:08 05 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
93 0 0

2019 yilda Toshkent shahri boʻyicha jami 10 ta maktab rekonstruktsiya qilinib, 40 tasi kapital taʼmirlanadi.

TOSHKENT, 19 avg – Sputnik. Toshkent shahri umumtaʼlim maktablari faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2019 yilda Toshkent shahri boʻyicha jami 10 ta maktab rekonstruktsiya qilinib, 40 tasi kapital taʼmirlanadi.

Rekonstuktsiya va kapital taʼmirlash ishlari uchun 2019 yil yakuniga qadar qoʻshimcha 400 mlrd soʻm ajratiladi.

2020 yildan boshlab tajriba-sinov tariqasida maktablarni xususiy sektor vakillariga qurish-taʼmirlash, boshqarish, foydalanish uchun berish usullari amaliyotga joriy qilinadi.

2019 yil 1 dekabrga qadar Toshkent shahridagi maktablarni oliy maʼlumotli kadrlar bilan toʻldirish, oliy toifali oʻqituvchilar sonini oshirish, bir nafar oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oʻquvchilar ulushini bosqichma-bosqich xalqaro standartlarga moslashtirish boʻyicha dastur ishlab chiqiladi.

2019-2020 oʻquv yilidan boshlab yuqori sinf oʻquvchilari uchun “Yosh pedagog sinflari” tashkil etiladi.

Asosiy mavzular