13:09 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
348 0 0

Oʻzbekistonda 2-5 sentyabr kunlari havo harorati biroz pasayadi, Fargʻona vodiysida yogʻingarchilik boʻlishi mumkin.

TOSHKENT,2 sen – Sputnik. Gidrometeorologiya markazi xabariga koʻra Oʻzbekiston hududida 2-5 sentyabr kunlari havo harorati biroz pasayadi, Fargʻona viloyatida yogʻingarchilik boʻlishi mumkin.

Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida  yogʻingarchilik kutilmaydi, shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 2-4 sentyabrda +12... +17, 5 sentyabrda +8... +13, kunduzi 2 sentyabrda +25... +30 daraja issiq, 3-5 sentyabrda esa +20... +25 darajagacha pasayadi.

Golub u fontana. Arxivnoye foto
© Sputnik / Aleksey Danichev

Buxoro va Navoiy viloyatida - yogʻingarchilik kutilmaydi, shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 va 5 sentyabrda +12... +17, 3-4 sentyabrda +15... +20, kunduzi 2-3 sentyabrda +28... +33 daraja issiq boʻladi. 4-5 sentyabrda +23... +28 darajagacha pasayadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida  havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 va 5 sentyabrda +12... +17, 3-4 sentyabrda +15... +20, kunduzi 2-3 sentyabrda +27... +32, 4-5 sentyabrda +23... +28 boʻladi.

Qashqadaryo v Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 sentyabrda +13... +18, 3-5 sentyabrda +15... +20, kunduzi 2-3 sentyabrda +30... +35, 4-5 sentyabrda +28... +33 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi. 2 sentyabrda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, momaqaldiroq boʻladi, 3-5 sentyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-3 sentyabrda +13... +18, 4-5 sentyabrda +15... +20, kunduzi 2-3 sentyabrda +25... +30, 4-5 sentyabrda +23... +28 daraja issiq boʻladi.

Togʻli hududlarda, 2-3 sentyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 4-5 sentyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin, momaqaldiroq boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 sentyabrda +10... +15, 3-5 sentyabrda +8... +13, kunduzi 2-3 sentyabrda +17... +22, 4-5 sentyabrda +15... +20 daraja issiq boʻladi.

Asosiy mavzular