12:30 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
182320

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

TOSHKENT, 2 sen – Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni” loyihasi tayyorlandi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari qoʻriqlanuvchi shaxslarning hayoti, sogʻligʻi, shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish hamda qoʻriqlanadigan obʼyektlarning xavfsizligini taʼminlash”, - deyilgan hujjatda.

Loyihada aytilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qoʻriqlanuvchi shaxslarning xavfsizligini taʼminlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi va oʻz vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat olib boradi: 

qoʻriqlanuvchi shaxslarning xavfsizligini hamda qoʻriqlanadigan obʼyektlarni tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilinishini taʼminlash, mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish;

qoʻriqlanuvchi shaxslarga qaratilgan tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish boʻyicha kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish;

yuritishiga berilgan ishlar boʻyicha tergovga qadar tekshiruvni oʻtkazish, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarda prezident aloqasi xavfsizligini taʼminlash ustidan nazorat qilish;

qoʻriqlanuvchi shaxslar manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining jangovarlik va safarbarlik shayligi holatini takomillashtirish hamda saqlab turish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va harbiy holat joriy qilinganda kuch va vositalarni harakatlarga tayyorlash.

“Qoʻriqlanuvchi shaxslar toifasiga quyidagilar kiradi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va uning oila aʼzolari;
2) Oʻzbekiston Respublikasi sobiq Prezidenti va u hayot boʻlgan davrda uning oila aʼzolari;
3) Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan, qoʻriqlanuvchi shaxs maqomiga ega davlat va hukumat, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy davlatlarning boshqa siyosiy va jamoat arboblari;
4) qonunchilikka muvofiq qoʻriqlanishi belgilangan boshqa shaxslar”, - deyilgan qonun loyihasida

Qoʻriqlanadigan obʼyektlar toifasiga quyidagilar kiradi:
1) qoʻriqlanuvchi shaxslarning boʻlish obʼyektlari;
2) qoʻriqlanuvchi shaxslarga xizmat koʻrsatuvchi transport vositalari hamda ularning doimiy turish joyi;
3) qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tezkor boshqaruviga berilgan binolar, qurilmalar, inshootlar (shu jumladan alohida xonalar), yer maydonlari va suv xavzasi obʼyektlari;
4) qoʻriqlanuvchi shaxslarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida qonunchilikka muvofiq qoʻriqlanishi belgilangan boshqa obʼyektlar.

Asosiy mavzular