10:04 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
222 0 0

Samarqand viloyati rasmiylari hayvonlarni yoppasiga oʻldirganliklari haqidagi faktni tan oldilar.

TOSHKENT, 4 sen - Sputnik. Samarqand viloyati rasmiylari hayvonlarni yoppasiga oʻldirganliklari haqidagi faktni tan oldilar. Bu haqda hokimlikning telegrammdagi kanalida xabar berildi.

Xabarda aytilishicha, itlarni oʻldirgan shaxs Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi hamda obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh vakili boʻlgan.

Bu haqda ushbu jinoyat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, ommaga eʼlon qilindi.

Hokimlik xabarida aytilishcha, soʻnggi vaqtlarda Samarqand shahrida egasiz daydi itlar tomonidan fuqarolarga jarohat yetkazish holatlari koʻpaygani tufayli, bu kabi koʻngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi hamda obodonlashtirish boshqarmasining it tutish brigadasi hamkorligida ishchi guruh tuzilgan va ular avgust oyi oxirlarida xonadonma-xonadon yurib, itlarni roʻyxatga olganlar.

Ishchi guruh tomonidan daydi itlar xoʻrak berib yoʻqotilgan. Biroq guruh aʼzolaridan biri aholi xonadonidagi itga ham xoʻrak berayotgani aniqlangan.

"Aslida ishchi guruhga bunday topshiriq berilmagan. Shunday boʻlsa-da, xodim koʻrsatmaga amal qilmasdan, oʻzboshimchalik bilan harakat qilgan. Mazkur holat uchun unga qonun doirasida chora koʻriladi", - deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular