14:07 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
146 0 0

Ayblanuvchi B.Isamovga nisbatan eʼlon qilingan ayblov JKning 25, 98-moddasiga qayta malakalanib, qoʻllanilgan “qamoq” ehtiyot chorasi, “garov” ehtiyot chorasiga oʻzgartirilgan.

TOSHKENT, 4 sen – Sputnik. Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan B.Isamovga nisbatan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari tamomlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Jinoyat ishi qoʻzgʻatilishiga, 20.07.2019 yilda B.Isamov Yakkabogʻ tumanidagi “Eski Yakkabogʻ” qoʻrgʻoni koʻchalarida obodonlashtirish va qurilish ishlari jarayonida tuman hokimining oʻrinbosari M.Tuymayevning yuz qismiga benzin sepib, uni yoqib  yuborib, oʻldirishga suiqasd qilganligi holati yuzasidan toʻplangan hujjatlar asos boʻlgan.

B.Isamov JKning 25, 97-moddasi 2-qismi “g,l” bandlari bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, sudning ajrimiga asosan ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qoʻllanilgan.

Tergov davomida oʻtkazilgan sud psixologiya ekspertizasining xulosasiga koʻra, ayblanuvchi B.Isamov mazkur jinoyatni sodir qilgan vaqtida kuchli ruhiy hayajonlanish holatida boʻlgan.

Yuqoridagilarga koʻra, ayblanuvchi B.Isamovga nisbatan eʼlon qilingan ayblov JKning 25, 98-moddasiga qayta malakalanib, qoʻllanilgan “qamoq” ehtiyot chorasi, “garov” ehtiyot chorasiga oʻzgartirilgan.

Bundan tashqari, tergov davomida Yakkabogʻ tumani xokimining oʻrinbosari M.Tuymayevning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, unga nisbatan JKning 192[1]-moddasi 3-qismi “a” bandi va 206-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayblov eʼlon qilingan hamda munosib xulq-atvorda boʻlish haqidagi “tilxat” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Jinoyat ishi 30.08.2019 yilda ayblov xulosasi bilan JIB Yakkabogʻ tumani sudiga yuborildi.

Asosiy mavzular