09:29 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Jamiyat
Havola olish
96410

Afrikadan tuyaqush joʻjasini olib kelib beraman deb 300 kishidan pul olgan, lekin shartnomani bajarmagan tuyaqush firmasi direktori hibsga olindi.

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Toshkentda 300 kishidan pul olgan, lekin shartnomani bajarmagan “Straus House” MCHJ direktori hibsga olindi, deb xabar qilmoqda Kun.uz.

“Jinoyat ishi boʻyicha «Strause House» MCHJ taʼsischisi, Isroilov Ibroxim Rovshan oʻgʻli Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi «a» (katta miqdorda firibgarlik qilish) bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qoʻllangan”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, “Straus House” MCHJ ustidan koʻplab shikoyatlar boʻlayotgan edi. Xususan, ushbu kompaniya Afrikadan tuyaqul joʻjasini olib kelib berishni vaʼda qilgan holda, yuzlab kishilardan pul yigʻib olgan, lekin yoz mavsumi oʻtib ketsada, qushlar olib kelinmagan.

Tuyaqush fermasi, arxiv surat
© Sputnik / Andrey Aleksandrov

Ushbu munosabat bilan Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini boshlab yuborgan.

Tergov jarayonlarida aniqlanishicha, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangi shahar koʻchasi, 16-uyda joylashgan «Straus House» MCHJ mansabdor shaxslari Toshkent shahar, Andijon, Fargʻona, Namangan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi jismoniy va yuridik shaxslar bilan 2019 yilning yanvar-aprel oylari davomida 90 kun muddat ichida Janubiy Afrika Respublikasidan «Ostrich» zotli tuyaqush (straus) joʻjasini yetkazib berish yuzasidan shartnomalar rasmiylashtirish orqali ularning ishonchiga kirib, respublikaning turli viloyatlarida yashovchi 300dan ortiq fuqarolarning juda koʻp miqdordagi pul mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan talon-toroj qilishda gumon qilinmoqda.

Asosiy mavzular