22:57 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Nigina Xodjayeva

Pedagog maktab islohotlari haqida: toʻqqizinchi sinf oʻquvchilarini ilgari boshqarish qiyin edi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
227 0 0

Toshkentning №42 maktabida faoliyat yurituvchi biologiya va kimyo oʻqituvchisi Nigina Xojayeva 11 yillik taʼlim tizimiga oʻtish bilan bogʻliq murakkabliklar haqida gapirdi

Oʻzbekistonda 1 oktyabr kuni Oʻqituvchi va murabbiylar kuni nishonlanadi. Taʼlim sohasi ishchilari davlat rahbari hamda oʻz tarbiyalanuvchilari tomonidan tabriklarni qabul qilar ekan, oʻqituvchilarning oʻzlari jadal islohotlar kechayotgan murakkab davrda faoliyat yuritishda davom etmoqdalar.

Pedagog Nigina Xojayevaning soʻzlariga qaraganda, maktab tizimidagi islohotlar nafaqat oʻquv dasturlarining qayta koʻrib chiqilishini, balki oʻquvchilar psixologiyasida ham muayyan oʻzgarishlarni talab etadi. Misol uchun, umumiy taʼlim sohasida boʻlgan ilgarigi yondashuvda yuqori sinflar bilan ishlash nihoyatda murakkab kechgan.

“Biz uzoq vaqt davomida 11-sinf dasturlari boʻyicha ishladik, shu bois hech qachon toʻqqizinchi sinf oʻquvchilarining xulqi boʻyicha muammo boʻlmagan. Oldinda yana ikki yilimiz borligini va bu davrda bolalar ulgʻayishga ulgurishini bilardik. 10-11-sinf oʻquvchilari, asosan, oʻzini bosib olgan, vazmin yoshlar boʻlib, ular bilan gaplasha olasan kishi. Ular quyi sinf oʻquvchilari uchun namuna boʻlardi. "Toʻqqiz yillik taʼlim"ga oʻtilganidan soʻng esa, muammolar boshlandi. Garchi ular endi 13-14 yoshni qarshi olishgan boʻlsalarda, bitiruvchilar oʻzlarini katta odamdek his qila boshlagan edilar. Bunday oʻquvchilar bilan ishlash oʻta mushkul edi”, - deya tan oladi Xojayeva.

Oʻqituvchining taʼkidlashicha, oʻn bir yillik taʼlim tizimi qayta tiklangandan keyingi bir yil ham oson kechmagan. 10-sinfga oʻtgan oʻquvchilar hech ham ulgʻaya olmasdi, oldilarida turgan masʼuliyatni faqat oʻquv yili yakuniga yetayotganidagina tushunib yetishni boshlar edilar.

Shu bilan birga, faqatgina bolalarga ogʻir boʻlgani yoʻq – oʻqituvchilarning oʻzlari ham oʻtgan yillar davomida yuqori sinf dasturlarini unutishga ulgurishgan, shu bois qaytadan malaka oshirishlariga toʻgʻri kelgandi.

"Albatta, maktablarimizda oldingi taʼlim tizimidan boxabar oʻqituvchilarimiz koʻp. Oʻylashimcha, aynan ularning sharofati bilan bu murakkab davrni nisbatan yengil bosib oʻtdik", - deya soʻziga yakun yasaydi Nigina Xojayeva.

Pedagogning izohini toʻliq quyidagi rus tilidagi podkastda tinglashingiz mumkin. 

Asosiy mavzular