02:18 28 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Jamiyat
Havola olish
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (28)
168 0 0

Strategiyaga muvofiq, yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasi shakllantiriladi. Buning uchun ushbu kadrlarga boʻlgan ehtiyoj aniqlanadi, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun mutaxassisliklar roʻyxati belgilanadi.

TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Prezident qarori bilan Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.

Strategiyaga muvofiq, yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasi shakllantiriladi. Buning uchun ushbu kadrlarga boʻlgan ehtiyoj aniqlanadi, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun mutaxassisliklar roʻyxati belgilanadi.

2019 yil 19 iyulda imzolangan prezident farmoniga asosan, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universitetida atom energetikasi sohasida mutaxassislar tayyorlash uchun yangi magistartura mutaxassisliklari ochildi, Toshkent davlat texnika universitetida “Energetika (atom energetikasi)” mutaxassisligi boʻyicha talabalarni oʻqitish tashkil etildi.

Strategiyaga koʻra, AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlari 4 ta bosqichda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tayyorlanadi:

- oliy rahbar xodimlar;

- ekspluatatsiya (operativ va taʼmirlash) xodimlari;

 - yordamchi texnik xodimlar;

- maʼmuriy-boshqaruv xodimlari.

 Shu bilan birga, “MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti”ning Toshkent filialida  bakalavr yoʻnalishlari kengaytiriladi, magistratura ochiladi.

Shuningdek, mazkur filial xodimlari Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan moddiy ragʻbatlantiriladi.

Strategiya maqsadlarida Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE), Jahon yadro uyushmasi huzuridagi Jahon yadro universiteti (Buyuk Britaniya), shuningdek, “Rosatom” taʼlim muassasalari (Rossiya Federatsiyasi) bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.

Mavzu:
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (28)

Asosiy mavzular