06:47 05 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
398 0 0

Kelajakda talabalarga bahosiga qarab sitpendiya toʻlanishi mumkin - Oliy Majlisda yangi qonun muhokama qilinmoqda.

TOSHKENT, 1 noya - Sputnik. Kecha Oliy Majlisda deputat Rasul Kusherbayev tashabbusi bilan, yaxshi oʻqiyotgan talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida ularning stipendiyasini oshirish masalasini koʻtardi, DTM xabariga asosan.

Deputat fikriga koʻra, stipendiyaning baho qarab emas, hammaga bir xil – 400 ming soʻm miqdorida toʻlanayotgani taʼlim sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatib, norozilik keltirib chiqarmoqda.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov aytishiga qaraganda ushbu masala koʻrib chiqilgan va yangi Nizomga kiritilgan. 

"Bildirilgan takliflar koʻpligi bois hujjat loyihasi jamoatchilik takliflaridan kelib chiqib toʻldirilyapti. Tez orada bu borada nizom qabul qilinadi. Nizomda talabalarga oʻqishi natijalari inobatga olingan holda stipendiya belgilash koʻzda tutilgan. Xuddi oldingi tizimda boʻlgani kabi. Hozir ham bir xil emas. Haliyam differentsiatsiyalashgan tizim amalda. Talabalar bahosiga qarab oshirilgan miqdorda stipendiya olishlari mumkin», deydi Majidov.

Majlisda tabaqalashgan stipendiya toʻlash borasida turli fikrlar bildirildi. Xususan  Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov aytishiga qaraganda, tabaqalashtirilgan stipendiya talabalarning bilim uchun emas, baho uchun oʻqishlariga turtki boʻlgan, va bu oʻz navbatida korruptsiya yuzaga kelishiga zamin yaratishi mumkin. Rektorning fikricha, talabaning individual qobiliyatlarini hisobga olmasdan, uning faqat qaydnomadagi «5»lari evaziga haq toʻlash amaliyoti oʻzini oqlamagan.

Asosiy mavzular