Markaziy bank to‘lov tizimlari ustidan nazoratni kuchaytiradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Sentralnogo banka Uzbekistana
Zdanie Sentralnogo banka Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Terrorchilikka qarshi kurashning pul o‘tkazmalari va to‘lov tizimlariga ham aloqasi bor - Markaziy bank nazoratni kuchaytirmoqda.

TOShKENT, 5 noya – Sputnik. Markaziy bank O‘zbekiston hududida amalga oshirilayotgan to‘lovlar va to‘lov tizimlari ustidan nazoratni kuchaytiradi. 1-noyabrda e’lon qilingan “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida” qonun 2020-yilning 1-fevralidan kuchga kiradi, Norma.uz xabariga asosan.

FSB RF presekla deyatelnost gruppi rossiyskix grajdan po finansirovaniyu terroristov - Sputnik O‘zbekiston
Xayriya niqobi ostida ID* uchun pul jamlagan guruh qo‘lga olindi - video

Yangi qonunga ko‘ra, to‘lov tizimlariga nisbatan qo‘yiladigan talablar kuchaytiriladi. Xususan, Markaziy bank  to‘lov tizimlari operatorlariga litsenziya beradi va ularning ustav kapitali miqdorini belgilaydi. Undan tashqari, MB to‘lov operatorlarini bir yilda bir marotaba tekshiruvdan o‘tkazadi va yillik hisobot talab qiladi.

Shuningdek, yangi qonunda terrorchilikka qarshi kurash talablariga  rioya qilmagan to‘lov tizimlariga nisbatan qattiqo‘l chora-tadbirlar, 1 mlrd. so‘mgacha jarima solish, faoliyatini cheklash kabi choralari ham nazarda tutilgan.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda istalgan xorijiy davlatga pul jo‘natmalari yuborish imkonini beruvchi xalqaro to‘lov tizimlari mavjud. Afsuski ularning imkoniyatidan terrorchilar ham keng foydalanmoqda. Rossiyada 2019-yil davomida terrorchilarga bir necha million rubl jo‘natgan jinoiy guruhlar qo‘lga olingan edi.

Moskvada “ID” terrorchilari bank kartalariga pul jo‘natgan kishi ushlandi

Yangiliklar lentasi
0