01:41 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
283 0 0

Hozirda Oʻzbekiston fuqarolarining Qozogʻistonda boʻlish muddati 30 kunni tashkil etadi. Qozogʻiston fuqarolari esa Oʻzbekistonda 90 kun boʻlishlari mumkin.

TOSHKENT, 6 noya – Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Qozogʻiston Parlamenti aʼzolari bilan uchrashdi.

Senat matbuot xizmati xabariga koʻra, ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar munosabatlar surʼati uzluksiz oshib bormoqda, bu esa ikki davlat manfaatlariga toʻliq javob beradi.

Qayd etilishicha, ikki mamlakat prezidentlari tomonidan 2020 yil oxirigacha ikki tomonlama savdo hajmlarini 5 mlrd. AQSH dollarigacha oshirish, savdoni diversifikatsiyalash, iqtisodiy kooperatsiya va investitsiyaviy hamkorlikning, shu jumladan, mintaqalararo hamkorlikning yangi uzoq muddatli shakllarini rivojlantirish vazifasi qoʻyilgan.

“Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda Oʻzbekiston-Qozogʻiston hamkorligi faollashganligini, shuningdek ikki mamlakat fuqarolarining oʻzaro safarlari koʻpayganligini inobatga olib, Tanzila Norboyeva konsullik sohasidagi ayrim masalalarni, jumladan, Qozogʻistonda Oʻzbekiston fuqarolari boʻladigan muddatni uzaytirish masalasini qayta koʻrib chiqishni taklif qildi”, - deyiladi xabarda.

Uchrashuvda Senat rahbari ham ikki tomonlama aloqalarda, ham turli dolzarb masalalarni hal etishda parlament diplomatiyasi eng muhim tashqi siyosiy resurs sifatida eʼtirof etilishini taʼkidladi.

Xabarda Norboyeva hududlarda faoliyat olib boruvchi deputatlar bilan hamkorlikni faol rivojlantirishni taklif qilgai qoʻshimcha qilingan.  Taʼkidlanishicha, bu joylarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Hozirda Oʻzbekiston fuqarolarining Qozogʻistonda boʻlish muddati 30 kunni tashkil etadi. Qozogʻiston fuqarolari esa Oʻzbekistonda 90 kun boʻlishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qozogʻistonda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Tanzila Norboyeva Qozogʻiston Parlamenti Senati raisi Dariga Nazarboyeva va Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Tokayev bilan uchrashgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular