08:04 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Mimbár—kafedra ili tribuna v sobornoy mecheti, s kotoroy imam chitayet pyatnichnuyu propoved

Bahs-munozaraga sababchi boʻlgan toshkentlik imom maʼruzasi yuzasidan bayonot berildi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
511 0 0

Ijtimoiy tarmoqlarda munozaraga sabab boʻlayotgan masalaga aniqlik kiritildi. Bayonotda aytilishicha, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi imom-domlalarni doimo hujjat-dalil bilan gapirishga undaydi.

TOSHKENT, 7 noyab - Sputnik. Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkentdagi “Iskandarxoʻja” masjidi imom noibi Majidov Murodning maʼruzasidagi Najmiddin Kubro hazratlari bilan boʻlgan it voqeasi yuzasidan Oʻzbekiston musulmonlar idorasi rasmiy saytida bayonot berildi.

Imom noibi oʻz maʼruzasida Najmiddin Kubroning nazari tushgan itning qabrini aylangan inson quturish kasalligidan xalos boʻlishi toʻgʻrisidagi rivoyatni keltirgan va bu voqea natijada ijtimoiy tarmoqlarda turli bahslarga sabab boʻlib kelgan.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi mutaxassislari Majidov Murod bilan mazkur masala yuzasidan suhbat olib borgan va imom-domla mutasavvif olimlar asarlarida kelgan voqealarni bayon qilish asnosida it qabrini aylanish masalasini asossiz maʼlumotlarga tayangan holda notoʻgʻri gapni aytganligini eʼtirof etgan.

Bu kabi noxush xabarlarning keng tarqalishini oldini olish maqsadida, Oʻzbekiston musulmonlar idorasi inson xatosini ommaga keng yoyish yoki turlicha talqin qilish moʻminlik sifati emasligini eslatib oʻtdi.

"Chin maʼnoda isloh qilishni xohlagan odam birovning xatosini ommaga koʻtarib chiqmay, balki oʻsha odamning oʻziga aytadi", deyiladi matnda.

Musulmonlar idorasi diniy-maʼrifiy maqola ustidan kulgan kanallarni tark etishga chaqirdi

Shu bilan birga bayonotda taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi imom-domlalarni doimo hujjat-dalil bilan gapirishga undaydi. Zero, islom dinini targʻib qilishda asossiz rivoyatlarga hojat yoʻq, deya xulosa qilinadi.

Asosiy mavzular