08:20 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Mejdunarodnыy aeroport Tashkenta

Jismoniy shaxslar uchun yagona bojxona toʻlovi stavkasi tasdiqlandi

© Press slujba Gosudarstvennogo tamojennogo komiteta RU
Jamiyat
Havola olish
40914

“Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib oʻtish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” prezident qarori qabul qilindi

TOSHKENT, 7 noya – Sputnik. “Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib oʻtish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” prezident qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan:

- notijorat maqsadlar uchun Oʻzbekistonning Davlat chegarasidan oʻtish punktlari orqali qoʻl yukida va kuzatib borilayotgan bagajida tovarlar olib kirayotgan jismoniy shaxslar uchun, shuningdek, jismoniy shaxs nomiga xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali keladigan tovarlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan bojxona boji, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aktsiz soligʻi oʻrniga yagona bojxona toʻlovini toʻlashni nazarda tutuvchi bojxona toʻlovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi;

- jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun bojxona chegarasi orqali qoʻl yukida, kuzatib borilayotgan bagajida, shuningdek, pochta joʻnatmalari orqali olib kiriladigan hayvonotga mansub oziq-ovqat mahsulotlarida ishlab chiqarish oʻrovining majburiy mavjudligi toʻgʻrisidagi talab oʻrnatiladi.

Shuningdek, yagona bojxona toʻlovi bojxona toʻlovlari undirilmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga olib kirishning cheklangan meʼyorlaridan ortgan taqdirda, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodidan va kelib chiqish mamlakatidan qatʼi nazar tovarlarning barcha toifalari boʻyicha bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda, cheklangan meʼyorlardan ortiq qismiga nisbatan undiriladi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

- tovarning bojxona qiymatidan 30 foiz, lekin har bir kilogrami uchun 3 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda yagona bojxona toʻlovi stavkasi;

- Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan tovarlar toifasiga kirmaydigan tovarlar roʻyxati.

Asosiy mavzular