15:21 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Shedevr, ili Konets karyere: novыy klip Lolы Yuldashevoy vzorval Set

Basitxanovaga Lolaning klipidagi atlas kiygan masxaraboz yoqmadi

YouTube
Jamiyat
Havola olish
59910

Oʻzbekiston xotin-qizlari raisi Elmira Basitxanovaning fikricha, shou-biznesdagi alohida holatlarni tanqid ostiga olish mumkin, biroq bu milliy qadriyat ustidan kulish mumkinligini anglatmaydi.

TOSHKENT, 16 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Elmira Basitxanova shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin muhokama qilinayotgan xonanda Lola Yoʻldoshevaning "Sevgingni menga ayt" klipiga munosabat bildirdi. Bu haqda Xotin-qizlar qoʻmitasi rasmiy saytida xabar berilgan.

Xususan, jurnalistlar bilan uchrashuvda Basitxanova, xotin-qizlar qoʻmitalari boshlangʻich tashkilotlari nomigagina tashkil qilinayotgani, ular tizimning davomi sifatida uzluksiz ishlamayotgani, jamiyatda roʻy berayotgan voqeliklarda xotin-qizlarning pozitsiyasi koʻrinmasligi yoki sust boʻlishida aks etayotganini aytgan.

Basitxanova shu yerda xonanda Lola Yoʻldoshevaning klipini yodga olgan.

"Kuni kecha Lola Yoʻldoshevaning klipi chiqdi. U "Oʻzbekkontsert"ning litsenziya olib, berish tartibini balki toʻgʻri tanqid qilgandir. Lekin atlasni masxaraboz kiyimi qilgani, maʼnaviyat soʻzini oʻyinchoq qilib qoʻygani — bu yigirma beshinchi kadr. Afsuski, buni yana ijtimoiy tarmoqda koʻpchilik qoʻllab-quvvatlagan. Ana shunday holatlarda boshlangʻich tashkilotlarning faol boʻlishi esa juda ham muhim", - degan xotin-qizlar raisi.

Tadbirda boshlangʻich tashkilotlar raislari bevosita hududiy Xotin-qizlar qoʻmitalari bilan, korxona hamda tashkilot joylashgan mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislar bilan doimiy hamkorlik oʻrnatishi zarurligi taʼkidlangan.

Xotin-qizlar qoʻmitasining boshlangʻich tashkilotlari oila, mahalla, qishloq va ovullarda, oʻquv muassasalari hamda tashkilotlar, yirik korxonalarda davlatimizning ayollarga oid siyosatini targʻib etish, Xotin-qizlar qoʻmitasining faoliyati va pozitsiyasini, nuqtai nazarini oʻzbek xalqiga yetkazish kabi ishlarda asosiy suyanch boʻlishi kerakligi qayd etilgan.

Asosiy mavzular