07:10 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99

“Yoʻqolib qolgan” yodgorlik tuman markaziga koʻchirilishi maʼlum boʻldi

Facebook
Jamiyat
Havola olish
240 0 0

Yuqor Chirchiq tumanidagi mahalladan “gʻoyib boʻlgan” Ikkinchi jahon urushi xotirasga bagʻishlangan yodgorlik tuman markaziga koʻchirilishi maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 22 noya – Sputnik. Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, oʻrnatilgan Ikkinchi jahon urushi qahramonlariga bagʻishlangan yodgorlik tumar markaziga koʻchiriladi, deb xabar qildi tuman hokimligi matbuot xizmati.

Eslatib oʻtamiz 18 noyabr kuni Feysbukdagi “Potrebitel.uz” guruhida Albina Magdiyeva ismli fuqaro ushbu tumandagi "Yik-ota" mahallasida oʻrnatilgan “Uch askar” yodgorligi “yoʻqolib qolgani” haqida xabar qilgan edi.

Oʻz xabarida tuman hokimligi faol fuqaroga “eʼtibor va kuyunchaklik" uchun minnatdorlik bildirib, ushbu yodgorlik tuman jamoatchiligi va Xalq deputatlari Kengashi taklif-mulohazalari asosida tuman markaziga, Yangibozor qoʻrgʻoniga koʻchirilishini xabar qilgan.

Xabarda aytilishiga koʻra, kelgusi yilda Yangibozorda fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan Xotira xiyoboni barpo etish rejalashtirilgan. Ushbu xiyobonda yaqinda tarix muzeyi qurib bitkazilgan.

"Uch askar" haykali bu majmuaga yanada zeb beradi va xotira xiyoboniga tashrif buyuruvchilarni oʻsha davrlar kayfiyatini toʻlaroq his etishga chorlaydi, deb umid qilamiz”, - deyilgan rasmiy xabarda.

Hokmiyat oʻz xabarida Yuqori Chirchiq tumanida madaniy meros obʼyektlari mutasaddi tashkilotlarning doimiy diqqat-markazida boʻlib kelgani va bundan keyin ham shunday boʻlishini taʼkidlagan.

Asosiy mavzular