22:06 29 Yanvar 2020
Efir
  • RUB153.89
  • EUR10541.66
  • USD9563.33
Jamiyat
Havola olish
33401

Uch oʻquvchi bir bolani doʻpposlashi aks etgan videodagi vaziyat XTV hamda voyaga yetmaganlar komissiyasi tomonidan oʻrganilmoqda.

TOSHKENT, 6 dek - Sputnik. Toshkent maktablaridan birida sodir boʻlgan bezorilik yuzasida XTV Sputnik muxbiriga izoh berdi.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda maktab koridorida uch nafar oʻquvchi bir bolani urib, tepayotganligi aks etgan video tarqalgan edi. 

Xalq taʼlimi vazirligi matbuot kotibi A.Umarov aytishiga qaraganda ushbu holat 2 dekabr kuni Shayxontohur tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining birida sodir boʻlgan.

Maktabning 8-“B” sinf oʻquvchilari sinfda oʻzaro joy talashib, bir-birini haqoratlagan va tanaffus vaqtida maktab binosi 3-qavatidagi oʻtish yoʻlagida uch nafar oʻquvchi toʻrtinchi birini ayamay doʻpposlagan.

Ayni damda holat yuzasidan Shayxontohur tuman xalq taʼlimi boʻlimi, Shayxontohur tuman IIO FMB inspektorlari maktab maʼmuriyati oʻqituvchilar va ota-onalar oʻrtasida surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Shuningdek, bezorilik sodir etgan oʻquvchilarning ishini voyaga yetmaganlar komissiyasiga taqdim etish va Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 47-moddasi boʻyicha jazolash masalasi koʻrib chiqilmoqda.

Asosiy mavzular