21:26 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Jamiyat
Havola olish
83 0 0

Mamlakatda aholining sanitariya epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash, kasallikning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi yuqumli kasalliklarning mamlakatga kirib kelishi va tarqalishi qatʼiy nazoratga olinganini maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, mamlakatda aholining sanitariya epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash, kasallikning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida  SSV va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan quyidagi chora tadbirlar amalga oshirilmoqda:

- davlat chegarasi kesishgan joylardagi Sanitariya-karantin punktlaridan oʻtayotgan yoʻlovchilarni sifatli tibbiy-sanitariya koʻrigidan oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratilmoqda;

- pnevmoniya va boshqa oʻtkir respirator kasalliklari alomatlari bilan aniqlangan bemorlarni alohidalash va shifoxonalarga yotqizish choralari koʻrilmoqda;

- gripp, OʻRI va pnevmoniya kasalliklariga gumon qilingan bemorlarni shifoxonalarga yotqizish uchun davolash-profilaktika muassasalarini tayyorgarligini taʼminlash, bemorlarni davolash uchun dori-darmonlar va dezinfektsion moddalar zaxirasi yaratildi;

- Xitoydan kelayotgan yoʻlovchilar orasida gripp kasalligining ogʻir turlariga, OʻRI va pnevmoniya kasalliklariga gumon qilingan bemorlar aniqlanganda laboratoriya tashxisi uchun namunalar olish tashkil etilmoqda;

- mutaxassislar tomonidan uchuvchilar, bort va temir yoʻl kuzatuvchilarining bilim saviyasini oshirish maqsadida gripp, OʻRI va oʻtkir pnevmoniya kasalliklarining klinikasi, laboratoriya tashxisi, profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari oʻtkazilmoqda.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosining maʼlumotiga koʻra, Xitoyda koronovirusning yangi turi epidemiyasi yuzaga kelgan.

Maʼlumotlarga qaraganda, 2020 yilning 11 yanvar holatiga Uxan shahrida 41 ta holatda virusli pnevmoniya kasalligi aniqlangan. Ulardan bir nafari vafot etgan, 6 nafari sogʻayib, shifoxonadan chiqarilgan. Bemorlarning koʻpchiligi tana haroratining yuqoriligi hamda nafas olishining qiyinlashishidan shikoyat qilgan. Koʻkrak qafasining rentgenografiya xulosasiga koʻra, ayrim holatlarda bemorlarning oʻpkalari shikastlangan. Bugungi kunda kasallikning odamdan odamga yuqishi aniqlanmagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq TIV ushbu kasallik sabab Xitoyda boʻlib turgan yoki u yerga bormoqchi fuqarolarni zaruriy ehtiyot choralarni koʻrishga chaqirgan edi.

Teglar:
sogʻliqni saqlash vaziri, kasallik, virus

Asosiy mavzular