14:58 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (540)
656 0 0

Koronavirusdan himoyalanish chorasi sifatida “Nyukasl” klubi futbolchilari orasida qoʻl berib koʻrishish taqiqlandi.

“Nyukasl” futbol klubi bazasida qoʻl berib koʻrishish taqiqlandi. Bu haqda Angliya futbol klubining bosh murabbiyi Stiv Bryus aytdi.

Uning soʻzlariga koʻra, "Nyukasl" da futbolchilar va xodimlar har kuni ertalab klub bazasida bir biri bilan qoʻl berib koʻrishishgan.

"Biz shifokorning maslahati boʻyicha qoʻl berib koʻrishishni toʻxtatdik. Bizda aʼlo darajadagi shifokor bor, u bizni nima qilish kerakligi haqida xabardor qilib turadi”, - murabbiy soʻzlarini keltiradi Sky Sports.

Sputnik radio efirida biologik xavfsizlik boʻyicha ekspert Nikolay Durmanov futbolchilar uchun joriy etilgan bu cheklov yuzasidan izoh berdi va oʻz tavsiyalarini aytdi.

“"Nyukasl" futbol klubining tavsiyalari tibbiyot jihatdan asoslidir. Bu nafaqat oʻyinchilar, balki boshqa fuqarolar ham buni hisobga olish kerak boʻlgan narsa. Biz bir-birimiz bilan uchrashganda qoʻl siqish, quchoqlash va hatto oʻpishni yaxshi koʻramiz. Ammo hozir buni qilish vaqti emas. Shunday qilib, bu juda oqilona maslahat. U umuman olganda shifokorlar beradigan tavsiyalar doirasida: koʻp odamlar toʻplanadigan joyga bormaslik, ayniqsa yoʻtalayotgan va aksirayotgan odamlar bilan aloqani minimallashtirishga harakat qilish kerak”, - deydi Durmanov.

Unga koʻra, faqat tibbiy bir martalik niqoblarga ishonib qolish kerak emas.

“Niqoblar – virusning mayda zarrachalaridan himoya qilishga kafolat bermaydi. Qoʻl gigiyenasi bu yerda, barcha ekzotik maslahatlarga qaraganda, ancha muhimdir. Qoʻlingizni tez-tez yuvish kerak, sirtlarni antiseptik moddalar bilan artishish kerak. Virus bu bakteriya emasligini yodda tutish kerak. Agar spirtli eritmalar dezinfektsiyalash uchun ishlatilsa, unda ularning kuchi kamida 60 daraja boʻlishi kerak. Oddiy qoʻl yuvish gellari odamlar oʻylagandek, samarali boʻlmasligi mumkin”, - dedi mutaxassis.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (540)

Asosiy mavzular