06:07 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Jamiyat
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)
1105 0 0

Viloyatda koronavirus infektsiyasining kirib kelishini oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida 2020 yil 23 mart kuni holatiga koʻra rasmiy maʼlumot berildi.

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Toshkent viloyati matbuot xizmati koronavirus infektsiyasining kirib kelishini oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida  2020 yil 23 mart kuni holatiga koʻra rasmiy maʼlumot berdi.

“23 mart holatiga  Toshkent viloyati hududida koronovirus infektsiyasi aniqlangan fuqarolar 9 nafarni tashkil etdi”, - deyilgan xabarda.     

Qayd etilishicha, 23 mart kuniga Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 101 nafar bemor boʻlib, ular muntazam ravishda tibbiy nazoratga olingan                                                     

Ayni paytda viloyat boʻyicha jami 195 nafar terapevt, 131 nafar reanimator, 64 nafar infektsionist, 133 nafar epidemiolog faoliyat olib boradi.

Eslatib oʻtamiz, 23 mart holatiga koʻra Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi aniqlanganlarning umumiy soni 46 kishini tashkil etmoqda.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)

Asosiy mavzular