04:19 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (941)
85910

Senatda karantin qoidalariga rioya etmaslik uchun jazo choralarini kuchaytirishga qaratilgan qonun maʼqullandi.

TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Senat yalpi majlisida karantin qoidalariga rioya etmaslik uchun jazo choralarini kuchaytirishga qaratilgan qonun maʼqullandi. Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda oʻtkazilgan brifingda bosh prokuror oʻrinbosari Erkin Yoʻldoshev maʼlum qildi.

Endilikda karantin qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy jarima miqdori fuqarolar uchun — 6 690 000 soʻmgacha, mansabdor shaxslar uchun — 11 150 000 soʻmgacha oshirildi.

Qayd etilishicha, jinoiy jazo ham kuchaytirilib, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Shuningdek, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatish, aholi orasida vahima chiqarish uchun ham — jinoiy javobgarlik belgilandi.

Erkin Yoʻldoshevning maʼlum qilishicha, 15 martdan shu kunga qadar karantinda boʻlish qoidalarini buzgan 90 nafar fuqaro aniqlanib, 87 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Yana 3 nafariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish rejalashtirilayotgani xabar qilingan edi. Jinoyat kodeksiga yangi modda kiritilib, ushbu qoidabuzarlik uchun qattiq jazo qoʻllaniladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (941)

Asosiy mavzular