Sovun yoki antiseptik - koronavirusni nima yaxshiroq o‘ldiradi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishChelovek moyet ruki.
Chelovek moyet ruki. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shifokorlar fikriga ko‘ra, kornavirusga qarshi eng samarali vosita bu sovun va iliq suv, faqat ulardan to‘g‘ri foydalana bilish kerak. Sovun bo‘lmagan hollarda antiseptikdan foydalanish mumkin.

TOShKENT, 2 apr - Sputnik. Vaksina hali beri chiqarilmagan bo‘lsa-da, bizdan koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish uchun talab qilinadigan narsa gigiyena. Rospotrebnadzor biron bir jamoat joylariga tashrif buyurganimizda, jamoat va shaxsiy transportida sayohat qilganimizda, eshik tutqichlariga, pulga qo‘l tekkizganimizda va ovqatlanishdan oldin qo‘limizni yuvishni tavsiya qiladi. Faqat buni to‘g‘ri bajarish kerak - yuvish yoki antiseptik vositalari bilan.

Qo‘llarga nima bilan ishlov berish kerak?

Rossiyskie uchenie pokazali, kak viglyadit koronavirus — video - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga qarshi eng samarali sovun qaysi - shifokor izohi

Garchi farmatsevtika sanoati juda ko‘p turli xil antiseptiklarni taklif qilsa ham, ammo olimlarning fikriga ko‘ra, eng samaralisi - sovun va iliq suv. AQSh sog‘liqni saqlash vazirligining Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) qo‘lni sovun va suv bilan yuvishni iloji bshlmagan hollarda antiseptiklardan foydalanishni tavsiya qiladi.

Sovun koronavirusni qanday yo‘q qiladi

SARS-CoV-2 bu bitta zanjirli, RNKdan iborat virusdir. Ribonuklein kislotasi zanjiri oqsil qobig‘iga – lipidlarning (yog‘lar va yog‘ga o‘xshash moddalar) ikki qatlamilik kapsid bilan qoplangan. Ulardan oqsil "boshoqchalar" chiqqan - tojga o‘xshash o‘simtalar.

Sovun lipid membranasini yo‘q qiladi va virus suvda erib ketadi. O‘zining yaxlitligini saqlab qolgan patogen zarralarni ham sovun teridan yirtib ketadi - ular ko‘pik bilan oson yuviladi.

Sovun virus qobig‘ini yo‘q qilishi uchun vaqt talab etiladi - kamida 20 soniya. Sovun ko‘pigi qo‘llarni, shu bilan bilaklaringizni va kaftning tashki tomonini to‘liq qoplashi kerak, ko‘pik barmoqlar orasiga va tirnoq ostiga o‘tishi kerak.

Qo‘lni to‘g‘ri yuvish juda muhimdir. Suv qancha issiq bo‘lsa, shuncha yaxshi. Shunda maxsus sovun kerak emas - xo‘jalikmi yoki antibakterial, eng oddiyi ham to‘g‘ri keladi. Asosiysi, virusni o‘zi bilan tortib ketadigan ko‘pik.

Agar sovun va suv bo‘lmasa

Bunday holatda, mutaxassislar sanitayzerlarni yoki etanol-oddiy etil spirt asosida yaratilgan antiseptiklarni tavsiya qiladilar, ular 30 soniya ichida SARS-CoV-2 ni o‘ldiradi. Shuning uchun antiseptik bilan ishlov berilganidan so‘ng qo‘llaringizni darhol artmang, quriting. Jarayon, umuman olganda, sovunlashga o‘xshaydi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, dezinfeksiyalash vositasida etanol kamida 70% bo‘lishi kerak. CDC talablari yumshoqroq - 60%.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yog‘ va kir antiseptiklarning ta’sirini susaytiradi, shuning uchun qo‘lingizni oldin sovun va suv bilan yuvish yaxshidir. Bundan tashqari, spirtli sanitayzerlardan tez-tez foydalanib bo‘lmaydi - ular sovundan farqli o‘laroq, teriga salbiy ta’sir o‘tkazish xususiyati ega va uni virusga ko‘proq sezgir qiladi.

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishAntiseptik gel
Sovun yoki antiseptik - koronavirusni nima yaxshiroq o‘ldiradi - Sputnik O‘zbekiston
Antiseptik gel

O‘zingiz antiseptik yasang

JSST veb-saytida dezinfeksiyalash vositalarini mustaqil tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar mavjud: 80% etanol yoki 75% izopropanol, 1,45% glitserin va 0,125% vodorod perikisi. Spirt va vodorod perikisi infeksiyani o‘ldiradi, glitserin esa terini namlaydi. Boshqa har qanday namlashtiruvchilar ham bo‘ladi, masalan, aloe vera.

Nam salfetkalar

Agar antiseptik topilmasa, spirtli salfetkalar yordam beradi. Ammo SARS-CoV-2 ga qarshi benzalkoniy xloridiga asoslangan antibakterial vositalar foyda bermaydi, deb hisoblaydi olimlar.

Yangiliklar lentasi
0