11:10 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)
288 0 0

Ishsizlik nafaqasi boʻyicha hududiy bandlik va mehnat munosabatlari boʻyicha organga murojaat qilish lozim.

TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Bugun AOKA shtabida Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Oʻrinboyeva ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.

Unda karantin sababli ishdan boʻshashga majbur boʻlganlar ishsizlik nafaqasini olsa boʻladimi, degan savolga javob berildi:

“Boʻladi, buning uchun hududiy bandlik va mehnat munosabatlari boʻyicha organga murojaat qilishingiz lozim.

Amaldagi qonunchilikka koʻra ishsizlik nafaqasi koʻpi bilan:

- ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boʻlgan yoki uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxsga oʻn ikki oylik davr mobaynida yigirma olti kalendar hafta;

- ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxsga esa oʻn uch kalendar hafta mobaynida toʻlanadi”, - dedi Adliya vazirligi vakili.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)

Asosiy mavzular