03:55 06 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (64)
506 0 0

Oʻzbekiston Qozogʻistonga suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun 209 nafar shaxsiy tarkib, 169 ta texnikalaridan iborat qoʻshimcha kuch va vositalarni joʻnatdi.

TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Oʻzbekiston Qozogʻistonga suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun 209 nafar shaxsiy tarkib, 169 ta texnikalaridan iborat qoʻshimcha  kuch va vositalarni joʻnatdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori bilan bogʻliq favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston prezidentining maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Turkiston viloyatining favqulodda vaziyatdan zarar koʻrgan hududlarida boʻldi. 

Bu yerda suv toshqini natijasida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat oqibatlari yana bir karra oʻrganilib, zarur tadbirlar belgilab olindi. 

“Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi tarafidan 209 nafar shaxsiy tarkib, 169 ta qishloq xoʻjaligi, muhandislik va yongʻin-qutqaruv texnikalaridan iborat qoʻshimcha  kuch va vositalar mazkur hududga yetib bordi”, - deyilgan xabarda. 

Hozirda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori bilan bogʻliq favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishda Qozogʻistonga yordam berishga tayyorligini bildirgan edi.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (64)

Asosiy mavzular