12:16 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
614 0 0

Maqtaaral tumanining maʼmuriy markazi boʻlgan Mirzaket posyolkasida Oʻzbekiston va Qozogʻiston bosh vazirlari yangi qurilayotgan uy-joylar rejasi bilan tanishishdi. Mahalliy aholi bilan uchrashib, birinchi uy-joy qurilishiga tamal toshi qoʻyishdi.

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Qozogʻiston bosh vaziri Asqar Mamin Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan Turkiston viloyati Maqtaaral tumanining Mirkakent posyolkasida uchrashdi.

Qogʻoziston bosh vaziri matbuot xizmati xabariga koʻra, ikki davlat bosh vazirlari Maqtaaral tumanida suv bosgan hududlarni koʻzdan kechirishgan hamda Janajol qishloq okrugining Nurlijol, Orgebas va Firdousi qishloqlariga tashrif buyurgan.

Taʼkidlanishicha, qutqaruv va kechiktirib boʻlmaydigan ishlarga 1300 ming kishi va 220 tadan ziyod texnika jalb qilingan. Jumladan, 200 dan ziyod oʻzbekistonlik mutaxassislar va 100 yaqin Oʻzbekiston texnika vositalari ushbu ishlarda ishtirok etmoqda.

Maqtaaral tumanining maʼmuriy markazi boʻlgan Mirzakent posyolkasida Oʻzbekiston va Qozogʻiston bosh vazirlari yangi qurilayotgan uy-joylar rejasi bilan tanishishdi. Mahalliy aholi bilan uchrashib, birinchi uy-joy qurilishiga tamal toshi qoʻyishdi.

Mirzakentda suv toshqinidan zarar koʻrgan Jenis, Janaturmis va Dostik aholi punktlarining 500 ta oilasi uchun uy-joy, maktab, bolalar bogʻchasini qurish rejalashtirilmoqda. Qurilish ishlari Oʻzbekiston va Qozogʻiston mutaxassislari bilan birgalikda olib boriladi.

Qozogʻiston bosh vaziri Asqar Mamin davlat rahbari topshirigʻiga binoan suv toshqinidan zarar koʻrgan Maqtaaral aholisi toʻliq yangi yoki taʼmirlangan uy-joy bilan taʼminlanishini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, 1 may kuni Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori toʻgʻoni oʻpirilib ketdi. Viloyatdagi bir necha qishloq, shu jumladan Qozogʻiston janubidagi hudud suv ostida qoldi. Ikki mamlakatda umumiy hisobda 120 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sardobadagi texnogen ofat tufayli Qozogʻistonning janubiy qismidagi hududlar ham zarar koʻrgani, Oʻzbekiston hukumati tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha qoʻshni davlat bilan yaqindan hamkorlik qilishini maʼlum qilgan edi.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular