23:47 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (880)
979 0 0

Oʻzbekistonda koronavirusdan toʻliq tuzalganlar soni 2055 nafarga yetdi. Davolanish koʻrsatkichi 79 foizga yetdi.

TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 2596  nafarni tashkil qilmoqda.

Bugun kun davomida qayd etilgan 49 nafar yangidan kasallanish holatlarining 22 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 27 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda boʻlgan fuqarolar orasidan aniqlandi.

Tuzalish dinamikasi

Oʻzbekistonda koronavirusdan toʻliq tuzalganlar soni 2055 nafarga yetdi. Davolanish koʻrsatkichi 79 foizga yetdi.

Bugunning oʻzida Samarqand (9), Fargʻona (6) viloyatlarida koronavirus infektsiyasiga chalingan bemor sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. 531 bemor shifoxonalarda davolanmoqda.

Rossiyadagi vatandoshlarga yordam

Rossiyada COVID-19 virusi pandemiyasi sababli joriy qilingan karantin va cheklov choralari tufayli ogʻir vaziyatga tushib qolgan Oʻzbekiston fuqarolariga bir marta beriladigan moddiy yordam berishni boshlaydi.

Oʻzbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi va Rossiya hududlaridagi Bosh konsulxonalari Elchixona ochgan xayriya hisob raqamiga kelib tushgan mablagʻlar hisobidan moddiy yordam - nogironlar qaramogʻida 2 yoshgacha farzandi boʻlgan hamda homilasi 7 oylikdan oshgan ayollar, COVID-19 virusi tasdiqlangan shaxslar hamda Rossiya oliy oʻquv yurtlari kunduzgi boʻlimlarida tahsil olayotgan talabalarga beriladi.

Mazkur yordam Rossiyada belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda bir martalik pul mablagʻini toʻlab berish shaklida amalga oshiriladi.

Moliyaviy yordamni olish uchun “Mehr” portali orqali murojaat yuborish lozim.

Charter reys

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga binoan, 8-12-may kunlari Dubay, Minsk, Seul, Dehli, Frankfurt va Moskva shaharlaridan 1243 nafar oʻzbekistonlik vatanga charter reyslarida qaytarildi.

24 mayga qadar fuqarolarni xorijdan (Turkiya, Rossiya, Malayziya, Singapur, Hindiston, Buyuk Britaniya, BAA) olib kelish boʻyicha charter reylar jadvali yangilandi.

Vatanga keksa, kasal, homilador fuqarolar va bolali ayollar birinchi galda qaytariladi.

Oʻzbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam boʻlmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

Tojikistonga koʻmak

UzAuto Motors Tojikistonga tez yordam avtomobillarini yubordi. Maxsus tez tibbiy yordam parkini kengaytirish va pandemiya vaqtida bemorlarga oʻz vaqtida yordam koʻrsatish uchun Tojikistonga Damas avtomobili negizida tez yordam avtomobillari yuborildi. Har bir transport vositasi tibbiy xodimlar uchun qoʻshimcha shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlangan.

Dunyo va COVID-19

COVID-19 dunyoning 180 dan ortiq davlatga yetib bordi. BSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda yangi koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni 4,3 milliondan oshdi, 292 ming kishi vafot etdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (880)

Asosiy mavzular