10:26 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)
184512

Oʻzbekistonda karantin 1 iyunga qadar uzaytirildi. Shu bilan birga, qator faoliyat turlariga ruxsat berildi. Kunning shu va boshqa muhim xabarlari maqolada.

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. 2020 yil 15 may soat 19:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 2682 nafarni tashkil qilmoqda. Bir sutka davomida 37 ta yangi holat tasdiqlandi.

Dezinfektsiya musorыx bakov i urn
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Tuzalish surʼati

Bugun kun davomida Namangan viloyatida 5 (ular orasida 3 yoshli qizaloq ham bor), Samarqand viloyatida 15 va Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan bemor sogʻayib chiqdi. Ularning barchasi reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shu tariqa, ayni paytda mamlakatda 2158 nafar fuqaro koronavirus infektsiyasidan butunlay sogʻayib ketgan va sogʻayish koʻrsatkichi 80 foizni tashkil qilmoqda. Bugungi kunda 513 nafar bemor davolanmoqda.

Karantin uzaytirildi, ammo...

Maxsus komissiyasi qaroriga koʻra, Oʻzbekiston hududida koronavirus boʻyicha karantin 1 iyunga qadar uzaytirildi.

Shu bilan birga 2020 yil 15 maydan boshlab

  • “qizil” toifadagi hududlarda yakka tartibdagi hunarmandchilik, avtomobillarga va qishloq xoʻjalik mashinalariga texnik xizmat koʻrsatish, elektron qurilmalarni va aloqa vositalarini taʼmirlash; ijara va lizing xizmatlari, buxgalteriya sohasiga oid xizmatlar koʻrsatish;
  • “sariq” toifadagi hududlarda “qizil” toifadagi hududlarga qoʻshimcha ravishda rieltorlik faoliyati, xususiy bandlik agentliklari faoliyati, mehmonxonalarga oʻz oshxonalarida ovqat pishirish hamda xonalarga yetkazib berish, park va istirohat bogʻlari (attraktsionalar, koʻngilochar obʼyektlar hamda tezkor ovqat tayyorlash nuqtalari faoliyati bundan mustasno) faoliyati;
  • “yashil” toifadagi hududlarda “sariq” va “qizil” toifadagi hududlarga qoʻshimcha ravishda ochiq sunʼiy qoplamali sport oʻyingohlari, muzeylar faoliyatiga ruxsat berilmoqda.

Shaharlararo avia va temir yoʻl qatnovlari qisman tiklanadi

2020 yil 18 may kunidan boshlab

- Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlarni (borish va qaytish) tiklash;

- Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Fargʻona vodiysiga temir yoʻl qatnovini (borish va qaytish) qayta yoʻlga qoʻyishga ruxsat beriladi.

Uzbekistan Airways qayta tiklanayotgan parvozlar jadvalini eʼlon qilishga ulgurdi.

Shu bilan birga, avia va temir yoʻl qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yoʻlovchilar sonini kamaytirish, dezinfektsiya qilish va boshqa sanitariya talablari soʻzsiz bajarilishi talab etiladi.

Samaradagi vaziyat

Rossiya-Qozogʻiston chegarasi yaqinida Samara viloyati hududida toʻplanib qolgan 600dan ortiq Oʻzbekiston fuqarolari uchun "observatsiya lageri" tashkillashtirildi.

Maʼlum boʻlishicha bir necha yuz nafar Oʻzbekiston fuqarolari shaxsiy avtomobillarda va avtobuslarda, chegaralar ochilishi toʻgʻrisidagi notoʻgʻri maʼlumotlarga asosan, Samara viloyati, Bolshechnerigovskiy tumanidagi Qozogʻiston bilan chegara hududiga etib borgan va "Mashtakovo" hamda "Sagarchinsk" chegara-nazorat punktlari yonida toʻplanib qolishgan.

Vaziyat elchixona nazorati ostida ekanligi maʼlum qilindi.

SSV shifokorni himoyasiga oldi

Sogʻliqni saqlash vazirligi Samarqandda 34 kishiga virus yuqtirgani uchun jinoiy ish ochilgan shifokorni himoyasiga olib, bosh prokurorga murojaat yoʻlladi. Vazirlik shifokorga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish lozim deb hisoblaydi.

Taʼkidlanishicha, tibbiyot xodimi X.D. koronavirusni juda katta ehtimol bilan bemorlarga xizmat koʻrsatish jarayonida yuqtirib olgan. U koronavirus yuqtirib olganligini joriy yil 28 aprel kuni topshirgan testi natijalari aniq boʻlganidan keyingina bilgan va darhol davolanish uchun yotqizilgan.

Vazir Alisher Shadmanov bosh prokurorga jinoyat ishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilishni soʻrab, allaqachon murojaat yoʻllagan.

Osh hammaga yetadi

Oʻzbekistonning Moskvadagi diplomatik vakolatxonalari 14 may kuni vatandoshlar koʻmagi bilan ikkita katta qozonda palov tayyorlab, "Rahmat!" xayriya tadbirini oʻtkazdilar. 

"Hayotni saqlab qolganingiz uchun tashakkur!" shiori ostida mazali taomlarning bir qismi Moskvadagi turli tibbiyot muassasalarida ishlaydigan koʻplab shifokorlarga topshirildi.

"Oʻz-oʻzini yakkalash tartibiga amal qilganingiz uchun tashakkur!" shiori ostida ayni Rossiya poytaxtidagi yotoqxonalarida Oʻzbekistonga charter parvozlarni kutayotgan oʻzbekistonliklarga ham sovgʻa qilindi.

Tabiiyki, barcha sanitar qoidalarga rioya qilingan holda.

COVID-19ning dunyo boʻylab yurishi

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoning 188 mamlakatida 4,2 milliondan ziyod koronavirus bilan bogʻliq holat qayd etilgan. Shundan 294 mingdan ziyodi qurbon boʻlgan. Yaxshi xabar ham bor: 1,7 milliondan ziyod kishi ushbu virusni matonat bilan yengishga muvaffaq boʻlgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)

Asosiy mavzular