00:23 31 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
376 0 0

Bundan tashqari, "Xalq banki" tomonidan 4 351 talofat koʻrgan xonadon egalariga ularga toʻlanadigan kompensatsiya pullarini tushirish uchun bank xizmatlariga toʻlov undirilmagan holda yangi plastik kartalar ochib berilgan

TOSHKENT, 19 may - Sputnik. Sirdaryo viloyatida toshqindan zarar koʻrgan aholi yashash punktlarini tiklash va taʼmirlash ishlari faollik bilan olib borilmoqda, deya amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi FVV. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabari asosida.

Tiklangan hujjatlar

Bugungi kunga qadar, jami 1 349 fuqaroning biometrik pasportlari tiklangan. Shuningdek, qayta oʻrganish natijasida 1 116 fuqaroning pasporti topildi. Hozirgi kunda 983 nafar fuqaroning pasportlarini tiklash ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, 818 ta tugʻilganlik va 12 oʻlim haqidagi, 291 ta nikoh guvohnomalaring tiklangan.

Bankdagi qarzlar muddati uzaytirildi

Fuqarolarning bank kredit qarzdorliklari maʼlum bir muddatga uzaytirib berildi.

Xususan, talofat koʻrgan 13 383 nafar fuqaro va tadbirkorlik subʼyektlarining banklardan mavjud 186,2 mlrd. soʻmining qaytarish muddati 6 oygacha uzaytirib berildi.

Shuningdek, jami 5 549 nafaqaxoʻrning 3,9 mlrd. soʻmlik pensiya pullari Xalq banki filiallari tomonidan naqd pul shaklida toʻliq yetkazib berildi.

Bundan tashqari, Xalq banki tomonidan 4 351 talofat koʻrgan xonadon egalariga ularga toʻlanadigan kompensatsiya pullarini tushirish uchun bank xizmatlariga toʻlov undirilmagan holda yangi plastik kartalar ochib berildi.

Bank tomonidan jami 294 yoʻqolgan plastik kartalar qayta tiklandi.

Taʼmirlash ishlari

Shuni alohida qayd etish kerakki,toshqindan talofat koʻrgan 541 ta uyda taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirga 13 524 nafar ishchi va 622ta transport vositasi jalb qilingan.

Hududlarni suv toshqinidan hosil boʻlgan loy va boshqa chiqindilardan tozalash hamda yoʻl jihozlarini qayta tiklash uchun qurilish sohasidan 158 ta avtotransport va mashina-mexanizmlar hamda 323 nafar yoʻlsoz jalb qilingan.

Xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yoʻli ning 5-26 km oraligʻida 1879 dona yoʻl oʻrtasidagi ajratuvchi va yoʻl chetidagi himoyalovchi toʻsiqlarni qayta tiklash, 2,4 km uzunlikdagi avtomobil yoʻliga 2475 tonna asfalt-beton yotqizish ishlari amalga oshirildi.

Davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻlining jami 77  km, 242dona yoʻl chetidagi himoyalovchi toʻsiqlarni qayta tiklash, 31257 m3 tuproq va 14726 m3 qum shagʻal aralashmasi bilan yoʻl asosi va koʻpriklarga kirish-chiqish qismlarini tiklash ishlari amalga oshirilgan.

Mazkur keng koʻlamdagi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirishga Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining kuch va vositalari faol jalb qilingan.

Eslatib oʻtamiz, 1 may kuni Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori toʻgʻonidan suv oʻpirilishi roʻy berdi. Bir necha aholi punktlari suv ostida qoldi, yoʻllar va qishloq xoʻjaligi yerlari zararlandi va vayron boʻldi. Hatto Qozogʻistonning janubiy tumanlari ham zararlandi.

Olti kishi tabiiy ofat qurboni boʻldi  (ikki ayol va toʻrt erkak), yana bir kishi bedarak yoʻqolgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Mansabga sovuqqonlik bilan qarash" va "Togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish" moddalari boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Tergovchilar tomonidan roʻy bergan voqeaning toʻrtta versiyasi koʻrib chiqilmoqda: loyihalash xatolari, qurilish qoidalariga rioya qilmaslik, foydalanish jarayonidagi xatolar va tabiiy ofat.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular