07:31 05 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
152 0 0

Ushbu holat bartaraf etilgan. 26 may holatiga koʻra, tibbiyot xodimlariga jami toʻlangan toʻlovlar miqdori 142 9 mlrd soʻmni tashkil etdi.

TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamenti 32 ta tibbiyot muassasaslarida 932 nafar xodimga maxsus ragʻbatlantirish pullari toʻlovi kechiktirganligini aniqlandi. Mablagʻ 19,6 mlrd soʻmni tashkil etgan.

“Bunga sabab — tibbiyot muassasalari, hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari moliya organlariga xodimlar roʻyxati va talabnomalarni oʻz vaqtida bermagan”, - deyiladi Moliya vazirligi xabarida.

Masalan, Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 21 nafar tibbiyot xodimi ikkinchi 14 kun ish faoliyati uchun 373,6 mln soʻm ragʻbatlantirish pullari oʻz vaqtida ololmagan.

Samarqand viloyat yuqumli kasalliklari klinik shifoxonasi tomonidan talabnoma yuborilgan, biroq viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tibbiyot xodimlar roʻyxatini tasdiqlamagan. Natijada 61 nafar tibbiyot xodimiga 1,2 mlrd soʻmni oʻz vaqtida olmagan.

Xorazm viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga 9 ta sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan 6 may kuni xodimlarga ragʻbatlantirish puli uchun talabnomalar berilgan boʻlsada, viloyat SEOM tibbiyot xodimlari roʻyxati va zarur mablagʻ 1,7 mlrd soʻm uchun talabnomalar shakllantrilmagan.

Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi masʼullari tomonidan boshqa tibbiyot muassasalardan jalb etilgan tibbiyot xodimlariga ishlagan kunlari uchun tabellarni taqdim etilamaganligi oqibatida 80 nafar tibbiyot xodimiga 1,7 mlrd soʻm ragʻbatlantirish pullari oʻz vaqtida toʻlanmasdan qolgan.

Shu kabi poytaxtning 5 ta tibbiyot muassasi tibbiyot xodimlariga qariyb 4,8 mlrd soʻmlik ragʻbatlantirish pullari oʻz vaqtida toʻlanmaganligi aniqlandi.

Nazorat tadbirlarida aniqlangan holatlar bartaraf etilib, tibbiyot xodimlariga ragʻbatlantirish pullari oʻz vaqtida toʻliq toʻlanishi taʼminlandi — 932 kishiga 19,6 mlrd soʻm.

Shuningdek, nazorat tadbirlarida koronovirus bilan kasallangan va karantinga olingan fuqarolari davolashda ishtirok etmagan xodimlarni ragʻbatlantirish puli roʻyxatiga asossiz kiritish va toʻlash holatlari ham aniqlandi.

26 may holatiga koʻra, tibbiyot xodimlariga jami toʻlangan toʻlovlar miqdori 142 9 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Asosiy mavzular