05:19 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Jamiyat
Havola olish
393 0 0

May oyi oʻz harorat rekordini qoʻymoqda. Ayrim joylarda kunduzi havo 40-42 darajagacha, choʻl tumanlarida esa 44 darajagacha qizidi.

TOSHKENT, 28 may — Sputnik. 26 may, seshanba kuni Oʻzbekistonda may oyiga xos boʻlmagan rekord darajadagi jazirama qayd etildi.

Havo harorati 35-39 darajani, janubda esa 39-40 darajani tashkil qildi.

Eng yuqori haroratlar Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuzatildi, bu joylarda kunduzi havo 40-42 darajagacha, ayrim choʻl tumanlarida 44 darajagacha qizidi.

“Bunday harorat koʻrsatkichlari Oʻzbekistonda may oyining oxiri uchun xos emas. Respublikamizning deyarli barcha mintaqalarida shu kunning harorat rekordlari qayd etildi”, - deyiladi Oʻzgidromet xabarida.

Oʻzbekiston shimolida ayrim joylarda butun oy uchun maksimal haroratning yangi rekordlari qoʻyildi. Boshqacha qilib aytganda, Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatidagi koʻpchilik meteorologik stntsiyalar maʼlumotlariga koʻra 2020 yil 26 mayda qayd etilgan bunday yuqori oylik harorat avval hech qachon kuzatilmagan.

Toshkenda, masalan, may oyida eng yuqori harorat 39,9 daraja bundan ancha oldin 1902 yilda qayd etilgan. Oxirgi 20 yil ichida eng yuqori oylik harorat 2004 yilda kuzatilgan va 38,6 darjani tashkil qilgan. Qolgan kuzatuv yillarida eng issiq yillarda Toshkentda may oyidagi harorat 37 darjadan yuqori boʻlmagan. Respublika janubida bu yil may oyi oxirining haroratlari oʻz rekord qiymatlari — 43-44 darajaga yetmaydi.

Oyning oxirigacha respublikada asosan quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning shimoli va choʻl zonasida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 34-39 daraja atrofida boʻladi, mamlakat shimoli, janubi va choʻl zonasida 40-42 darajagacha koʻtariladi. 29–30 may kunlari harorat bir oz (2-3darajaga) pasayadi.

Sinoptiklar yozning boshida ob-havoda sezilarli oʻzgarish boʻlmasligini prognoz qilishmoqda.

Asosiy mavzular