10:47 10 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
558 0 0

Koronavirus aniqlangan 63 yoshli poytaxtlik ayol oʻpka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. U sunʼiy nafas oldirish apparatiga ulangan boʻlgan.

TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusdan 15-oʻlim qayd etildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.

1957 yilda tugʻilgan poytaxtlik X. da shu yilning 30 may kuni “Covid-19” aniqlanib, Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasiga yotqizilgan edi. 63 yoshli (ayol) bemor shu yilning yanvar oyida bosh miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi (insult) tashxisi bilan davolangan.

Bemorning davolanishi davomidagi kunlik ahvoli mamlakatdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislari  nazoratida boʻlgan. Belgilangan standartlar asosida oʻtkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan sunʼiy nafas oldirish apparatida boʻlgan bemor bosh miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi, oʻpka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Asosiy mavzular