21:40 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
107520

Bosh vazir Abdulla Aripov Soʻx eksklavidan sodir boʻlgan muammolarni hal qilish uchun qanday yechimlarni taklif qildi.

TOSHKENT, 2 iyun -  Sputnik. Maʼlumki 31 may kuni Oʻzbekistonning Qirgʻiziston hududidagi eksklavi - Soʻx tumani aholisi va qirgʻizlar orasida mojaro sodir boʻlgan. Janjal oqibatida ikki tomon bir birini toshboʻron qilgan bir necha uylar yoqib yuborilgan edi.

© Wikipedia /
Eksklav "Sox"

Ushbu voqeadan soʻng Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 1 iyun kuni voqea joyiga yetib borgan va Qirgʻiziston bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Qirgʻiziston harbiylari va huquqni saqlash organlari vakillari bilan uchrashib vaziyatni muhokama qilgan edi.

Soʻx tumani aholi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda mahalliy aholi vakillari, bosh vazir eʼtiborini bir qator muammolarga qaratishdi. 

Xususan, ular 30 yildan beri mavjud muammolarni hal qilib berishni soʻrashdi:

  1. Soʻx anklavning chegarasini aniq belgilab berishni.
  2. Soʻx viloyatini Oʻzbekiston bilan bogʻlaydigan yoʻl va xavfsiz koridor. Bu “Rishton-Soʻx” yoʻlini qayta ochib berishmi yoki oʻzbekiston hududiga eng yaqin boʻlgan yangi “Yaypan – Yaznov” yoʻnalishida “xox yer usti, xox yer osti yoʻli” qurib berishni soʻrashdi. Hech boʻlmasa “vertolyot” qatnovi tashkil qilib berishni iltimos qilishdi.
  3. Soʻx tumanida suv yetishmas ligi muammosini hal qilib berishni. “Bir oyda bir marta suv keladi, shu muammo tufayli tuman yerlaridan samarali foydalanishning iloji yoʻq” – deyishdi aholi vakillari.   
  4. Shuningdek mahalliy hokimiyatga ishonch qolmaganini va ularni yangilashni soʻrashdi.
  5. Soʻxliklar oʻz farzandlarini Oʻzbekiston oliygohlarida taʼlim olishini istaydi.
  6. Soʻx tumanida hamma narsa viloyatdan koʻra 2 baravar qimmat. Hech boʻlmasa un narxini tushirishni soʻrashdi.
  7. Ishsizlik masalasini hal qilishda yordam berish.

Yuqoridagi savol va iltimoslarga Abdulla Aripov quyidagicha javob berdi.

Chegarani belgilashda, odatda dastlab delimitatsiya qilinadi. Oradan olti oy oʻtganidan soʻng boshqa komissiya kelib uni demarkatsiya qiladi. Jarayonni tezlashtirish maqsadida biz Soʻx chegarasini delimattsiya va demarkatsiyani bir vaqtning oʻzida qiladigan boʻldik. Qirgʻiziston ham shunga rozi boʻldi, - dedi Aripov. 

Yoʻl va koridor masalasida, bosh vazir ayni damda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston rahbariyati orasida birinchi navbatda “Rishton – Soʻx” yoʻlini ochib berish masalasi muhokama qilinayotganini aytdi. Bir necha yil oldin Qirgʻiziston chegaraning ushbu qismini YEOII shartnomasiga koʻra yopishga majbur boʻlgan. Bugun esa Oʻzbekiston ham ushbu tashkilotga kuzatuvchi maqomida qoʻshilish arafasida turibdi. Tashkilotda kuzatuvchining ham oʻziga yarasha huquqlari bor. Shu sababli ushbu yoʻnalish ochilishi ijobiy hal qilinishi ehtimoli katta. Yoʻl ochilganidan soʻng avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyamiz, dedi bosh vazir.

Ikkinchidan, Aripov mahalliy aholi tomonidan taklif qilingan yangi “Yaypan – Yaznov” yoʻnalishida koridor ochish masalasini oʻrganib chiqishni ham vaʼda berdi.

Shuningdek, Abdulla Aripov tumandagi yoʻllar yomon ahvolda ekanini qayd etib, bu maslada mutaxassislar yuborishni hamda mahalliy aholi orasidan jalb qilingan ishchilar yordamida yangi yoʻllar qurishni vaʼda berdi. Bu bilan 1000ga yaqin ish oʻrinlari yaratilishi ham mumkin, dedi bosh vazir.

Undan tashqari bosh vazir Soʻx tumaniga maktab va bogʻchalar faoliyatini yaxshilash, tuman markaziy shifoxonasiga yangi uskunalar olib kelish hamda hududga investitsiyalar jalb qilish masalasini hal qilishni vaʼda berdi. Buning uchun yaqin kunlarda tumanga bosh vazirning bir necha oʻrinbosarlari kelib vaziyatni oʻrganib chiqishadi.

Suv masalasida, Abdulla Aripov aytishiga qaraganda, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chashmadan birgalikda foydalanishga kelishib olishgan. Bundan buyon tozalash ishlari ham ikki tomon vakillari ishtirokida oʻzaro kelishilgan holda olib boriladi.Mahalliy aholining “Soʻxlik yigitlar Soʻxdagi harbiy qismda xizmat qilsa boʻladimi? – degan savoliga Aripov - Hech qaysi mamlakatda askar oʻzi tugʻilib oʻsgan joyda xizmat qilmaydi. Harbiylarni qoidasi bu. Agar boshqa joyda xizmat qilishga  tayyor boʻlsa – xizmatga olamiz, dedi Aripov.

Shunindek Aripov qisqa vaqt ichida Soʻx tumaniga 1000 tonna karbamid oʻgʻiti yetishtirib berishni vaʼda berdi.

Maʼlumot uchun, Soʻx tumani - Qirgʻiziston Respublikasi hududida joylashgan Oʻzbekiston eksklavi boʻlib, uning maydoni 352 km. kvadratni tashkil qiladi. Soʻx tumanida 19ta aholi punktlari boʻlib u yerda 75 mingga yaqin aholi yashaydi. Eksklav 1955 yilda paydo boʻlgan.

Soʻnggi 30 yil ichida Soʻx tumanini Oʻzbekiston bilan ishonchli ravishdan bogʻlash muammosi oʻz yechimini topmadi. Bu yerga yetib kelish uchun bir necha chegara postlaridan oʻtish kerak. Soʻx aholisi va Qirgʻiziston tomon orasida bir necha bor jiddiy oqibatlarga olib kelgan mojarolar sodir boʻldi.

Asosiy mavzular